Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi tumani bo‘limi, DXX va IIB kiberxavfsizlik markazi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.B. Qarshi shahri “Oqtepa” MFY hududidagi xonadonida 3 ta to‘plamdagi mayning kripto-aktivlari qurilmasini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, jami 372 mln so‘mlik elektr enargiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.