Bugun 10 yanvar, 2025 yil, juma

КИР

Zelenskiy Putin aynan qachon tinchlik haqida o‘ylay boshlashini aytdi

Zelenskiy Putin aynan qachon tinchlik haqida o‘ylay boshlashini aytdi

Zelenskiy sanksiyalar Rossiya energetikasining barcha qismlariga qarshi kiritilishi va Rossiya tanker floti to‘xtatilishi kerakligini ta’kidlaydi. Chunki Rossiyaning 2025-yilga mo‘ljallangan harbiy byudjeti o‘tgan yilgiga nisbatan 25 foiz ko‘pdir.

"Agar qotilliklarni to‘xtatmoqchi bo‘lsak, Putinning pul oqimini to‘sishimiz kerak. Putin faqat uning yaqin atrofidagilar unga puli tugaganini aytganidan keyingina tinchlik haqida o‘ylay boshlaydi," - deb ta’kidlaydi Zelenskiy.

Shuningdek, u Ukraina “Rossiyani tinchlikka majburlash” uchun imkon qadar ko‘proq vositalarni qidirayotganini aytdi: “Biz hammamiz tushunamiz – bugun Putinning maqsadlari o‘zgarishsiz qolmoqda. U Ukrainani butunlay yo‘q qilmoqchi - bizni ham, sizni ham. Shuning uchun bizning maqsadimiz Rossiyani tinchlikka majburlash uchun imkon qadar ko‘proq vositalarni topishdir".

Zelenskiy o‘z nutqida Ukraina Qurolli kuchlarining Kursk operasiyasini keng ko‘lamli urush boshlanganidan beri "Ukrainaning eng muhim g‘alabalaridan biri" deb ta’rifladi. Ukrainaga qarshi turish uchun Rossiya frontdan 60 mingga yaqin harbiyni jalb etishga majbur bo‘ldi: "Kursk operasiyasini olaylik - bu nafaqat o‘tgan yildagi, balki butun urush davomidagi eng katta yutuqlarimizdan biridir. Buni bartaraf etish uchun Rossiya Ukraina frontidan deyarli 60 ming harbiyni olib ketishga majbur bo‘ldi."

U 6-yanvar dushanba kuni Kursk operasiyasi boshlanganiga besh oy to‘lganini eslatdi. Ukraina qo‘shinlari Rossiya hududida bufer zonasini nazorat qilishni davom ettirmoqda. "Rossiyaning ko‘plab tahdidlari va dadil da’volari, ayniqsa ukrainaliklarning Kursk viloyatiga kirishidan so‘ng, yolg‘on bo‘lib chiqdi. Ishonchim komilki, agar biz hammamiz birgalikda Rossiyani tinchlikka undash uchun yanada ko‘proq harakat qilsak, ularning tahdidlari yanada ko‘proq puchga chiqadi," - dedi Ukraina prezidenti.

Kiritildi: 23:36 09.01.2025. O'qildi: 926 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!