Jarqo‘rg‘on tumanida faoliyat yuritib kelayotgan «ZARXOL ONA» xususiy firmasi tadbirkorlik faoliyatini faol amalga oshirib daromad topib kelayotgan bo‘lsa-da, belgilangan soliq to‘lovlarini muntazam kechiktirib keladi. Birgina misol, mazkur xususiy korxonaning soliq qarzdorligini undirish to‘g‘risida so‘ngi bir necha yil ichida jami 29 ta 938 million 515 ming so‘mlik ijro ishlari Majburiy ijro byurosi Jarqo‘rg‘on tuman bo‘limi ish yurituviga qabul qilinib, ijro harakatlariga kirishilgan.
Byuroning tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari natijasida 844 million so‘mdan ortiq soliq qarzdorligi undirilishiga erishilgan.
Hozirda ijro hujjatlariga asosan Byuroning Jarqo‘rg‘on tuman bo‘limi davlat ijrochisi Dadaxon Nazarov ushbu korxonaga tegishli tumanning Mingchinor mahallasida joylashgan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasi jami 94 million so‘m soliq qarzdorligi uchun xatlovga olinib, realizasiya qilish maqsadida 141 million 433 ming so‘m boshlang‘ich narx bilan onlayn auksion savdolariga chiqarildi.
Belgilangan soliq qarzdorligi bartaraf etilmagan taqdirda jamiyat mulkidan ayrilishi mumkin.
Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan soliq qarzdorliklarini undirishga qaratilgan nazorat tadbirlari tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.