Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘onadagi xonadonlarning birida saqlanayotgan yovvoyi Kaliforniya forsi iloni haqida video tarqaldi.
Farg‘ona viloyati IIB tomonidan mazkur holat tekshirilib, unga aniqlik kiritib berish yuzasidan viloyat ekologiya boshqarmasiga murojaat qilindi.
Aniqlanishicha, Farg‘ona shahrining Mash’al mahallasida yashovchi fuqaro K.K o‘z xonadonida mazkur ilonni hech qanday ruxsatnomasiz boqib kelayotgan ekan. Bu holat "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida"gi qonunga zid ekanligi uchun masala tegishli idoralarga yo‘naltirildi.
Ekologik nazorat inspeksiyasi va Farg‘ona shahar bo‘limi davlat inspektorlari vaziyatni o‘rganib, fuqaro bilan suhbatlashdi. Natijada K.K ilonni hayvonot bog‘iga topshirishga rozi bo‘ldi. Endi ushbu Kaliforniya forsi iloni Farg‘ona hayvonot bog‘iga joylashtirildi.