Bugun 8 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Pekinda robot-taksi ish boshlaydi

Pekinda robot-taksi ish boshlaydi

Oxirgi uch yil ichida Xitoy robotlashtirilgan taksi xizmatini joriy etish bo‘yicha sezilarli yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Shu oydan poytaxt Pekinda robot-taksi ishga kirishadi.

CNBC telekanali xabar berishicha, hojatbaror temir odam yaqin 15 kun ichida rasman aholiga xizmat ko‘rsata boshlaydi.

“Pony.ai” vise-prezidenti, Tadqiqot va ishlanmalar markazi rahbari Ning Chjan faqat hukumatning maxsus ruxsati kutilayotganini aytdi. Joriy yil oxirigacha 50 ta robot-taksi boshqaruvchisiz ishlashi kutilyapti. Bunday mashinalar boshqa davlatlarda ham bor. Masalan, yaqinda Ilon Maskning “Tesla” kompaniyasi 8 avgust kuni robot-taksi taqdim etilishini ma’lum qildi.

Kiritildi: 15:50 03.06.2024. O'qildi: 2032 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!