Bugun 4 iyul, 2025 yil, juma

КИР

AQSh G‘azo sektoriga muddati o‘tgan va tarkibida cho‘chqa go‘shti bo‘lgan armiya payogi tashladi

A A A
AQSh G‘azo sektoriga muddati o‘tgan va tarkibida cho‘chqa go‘shti bo‘lgan armiya payogi tashladi

Ijtimoiy tarmoqlarda AQSh G‘azo sektoriga tashlagan gumanitar yordamda muddati o‘tgan va tarkibida cho‘chqa go‘shti bo‘lgan armiya payogi aks etgan video paydo bo‘ldi.

Avvalroq Qo‘shma Shtatlar G‘azo sektorining shimoliy qismiga “41,4 mingdan ortiq oziq-ovqat va 23 ming shisha suv”dan iborat navbatdagi gumanitar yordam partiyasini yetkazish bo‘yicha operasiya o‘tkazilgani ma’lum qilingan edi.

“AQSh Markaziy qo‘mondonligi 9 mart kuni... davom etayotgan mojarodan jabr ko‘rgan tinch aholiga muhim yordam ko‘rsatish uchun G‘azo shimoliga gumanitar yordam jo‘natdi”, deyiladi AQSh Markaziy qo‘mondonligi xabarida.

Eslatib o‘tamiz, 9 mart kuni G‘azoda samolyotdan tashlangan gumanitar yordam paketlari parashyutlari ochilmagani sababli to‘g‘ridan-to‘g‘ri oziq-ovqat kutayotgan falastinliklar ustiga tushgan, oqibatda eng kamida 5 kishi halok bo‘lgan edi.

Kiritildi: 13:40 12.03.2024. O'qildi: 1659 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!