Bugun 21 may, 2026 yil, payshanba

КИР

Ehson qutisini olib ketgan shaxslar aniqlandi

A A A
Ehson qutisini olib ketgan shaxslar aniqlandi

Kecha “Telegram” ijtimoiy tarmog‘ida 2023 yilning 20 noyabr kuni soat 02:12 larda Qo‘shtepa tumani, Sarmazor mahallasida joylashgan “Sarmazor” jome masjidi oldiga “Damas” rusumli avtomashinada noma’lum shaxslar kelib, ehson qutisini olib ketganligi to‘g‘risida video tarqalgan.

O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida aniqlanishicha, E.N. o‘ziga tegishli “Damas” rusumli avtomashinasida joriy yilning 20 noyabr kuni tungi soat 02:12larda sheriklari B.V. hamda S.A. birga “Sarmazor” jome masjidining tashqarisiga qo‘yilgan bir dona ehson qutisini ichida bo‘lgan 80.000 so‘m puli bilan olib ketganliklari aniqlangan.

Hozirda ehson qutisi daliliy ashyo tariqasida olinib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Unutmang har qanday qonun buzilish holatiga jazo muqarrarligi ta’minlanadi.

Kiritildi: 18:31 25.11.2023. O'qildi: 2748 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!