Bugun 17 may, 2025 yil, shanba

КИР

Dunyodagi eng kuchli universitetlar reytingi ma’lum qilindi

A A A
Dunyodagi eng kuchli universitetlar reytingi ma’lum qilindi

Times Higher Education (THE) tomonidan 2024 yil uchun jahon universitetlari reytingi e’lon qilindi. Mutaxassislar Xitoy universitetlarining jadal rivojlanishini qayd etmoqda.

Yaqinda taqdim etilgan etilgan THE World University Rankings-2024 ma’lumotlariga ko‘ra, Oksford universiteti sakkiz yildan buyon dunyoning eng yaxshi universitetlari reytingida birinchi o‘rinni egallab turibdi.
Birinchi o‘ntalikda Garvard (4-o‘rin) va Kembrij (5-o‘rin) hali ham jadvalning yuqori qismida joylashgan.

Biroq kuchli beshtalik o‘rinlari biroz o‘zgardi, Stenford 2023 yildagi uchinchi o‘rindan bu yilgi reytingda ikkinchi o‘ringa, Massachuset Texnologiya instituti 2023 yildagi beshinchi o‘rindan uchinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Joriy yilda AQSh va Buyuk Britaniya hamda Yevropa universitetlari pozisiyalarida sezilarli darajada pasayish kuzatildi. Ayni paytda Osiyodagi universitetlar, ayniqsa, Xitoydagi oliy ta’lim muassasalari o‘sishda davom etmoqda.
Sinxua (12) va Pekin (14) universitetlari reytingda Pensilvaniya, Jon Xopkins va Kolumbiya universitetlarini ortda qoldirdi.

Yaponiyaning Tokio universiteti Osiyoning o‘sib borayotgan akademik ta’siri tendensiyasini davom ettirib, Edinburg universiteti, London Kings kolleji va London iqtisodiyot va siyosiy fanlar akademiyasini ortda qoldirib, 10 pog‘ona yuqoriladi va 29-o‘ringa ko‘tarildi.

Olti yillik ma’lumotlar tahlili shuni ko‘rsatdiki, AQSh universitetlarining o‘rtacha reytingi 2019 yilgiga qaraganda 296-o‘rindan so‘nggi tasnifda 348-o‘ringa tushib ketgan. Buyuk Britaniyaning o‘rtacha reytingi ham seziralri darajada – 451 dan 477 gacha pasaygani kuzatilgan.

Kiritildi: 16:46 20.10.2023. O'qildi: 7567 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!