Bugun 19 may, 2026 yil, seshanba

КИР

Qozog‘istonda maktab portladi, jarohat olganlar bor

A A A
Qozog‘istonda maktab portladi, jarohat olganlar bor

Qozog‘istonning Jambil viloyati Taraz shahridagi maktablardan birida portlash sodir bo‘ldi.

Bu haqda qozoq matbuoti xabar tarqatdi.

"Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, binoning uchinchi qavatida qurilish ishlari olib borilayotgan edi. Xonani bo‘yash vaqtida bo‘yoq va erituvchi aralashish vaqtida yong‘in sodir bo‘lgan. Voqea joyiga yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar zudlik bilan yong‘inni o‘chirishgan”, — deyiladi viloyat hokimligi bayonaotida.

Portlash oqibatida 6 nafar ishchi jarohat oldi, ulardan ikkitasi terapevtik bo‘limda.

Eng qiyin vaziyat 12 metr balandlikdan sakrab chiqqan ikki qiz uchun. Qayd etilishicha, xonada bo‘lgan 2001 va 2002-yillarda tug‘ilgan ikki nafar qiz yong‘indan himoyalanish uchun uchinchi qavatdan sakragan. Hozir ular jarohatlar bilan reanimasiyada.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 292-moddasi 1-qismi “Yong‘in xavfsizligi talablarini buzish” bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 19:13 20.09.2023. O'qildi: 3465 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!