Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Armanistonni yo‘q qilmoqchi. Bu haqda 11-sentyabr kuni parlamentdagi brifingda Armanistonning hukmron “Fuqarolik kelishuvi” parlament fraksiyasi deputati Gagik Melkonyan ma’lum qildi.
“Lavrov mamlakatimizni vayron qilmoqchi. Uning dasturida armanlar uchun nimani foydali deb topdingiz? “Rossiya har doim biz uchun o‘ylagan, qarorlar qabul qilgan, qayerga borishni va kim bilan do‘stlashishni aytgan”, — ta’kidladi deputat.
G.Melkonyan Armaniston o‘ziga tayanishi va shu bilan birga do‘stlar izlashi kerakligini ta’kidladi: “Biz har doim Rossiyaga umid bog‘laganmiz. U bizga shart qo‘ydi: Rossiya Federasiyasi yoki Turkiya. Biz Rossiyani tanladik. Ammo do‘st bo‘ladigan boshqa davlatlar ham bor: Hindiston, Yevropa davlatlari, AQSH, Eron”.
Deputatning aytishicha, Rossiya va Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotiga murojaat qilish befoyda.