Bugun, 28 avgust kuni erta tongdan Toshkent islom instituti va Mir Arab oliy madrasasiga kirish imtihoni bo‘lib o‘tmoqda.
Oliy diniy ta’lim muassasalariga kirish imtihoni Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan test sinovi shaklida o‘tkazilmoqda.
🔸Abituriyentlar imtihonni quyidagi fanlar bo‘yicha test sinovini topshirmoqda:
– Arab tili 30 X 3,1 – 93 ball;
– Fiqh va aqoid 30 X 2,1 – 63 ball;
– O‘zbekiston tarixi 30 X 1,1 – 33 ball.
🔹Oliy diniy ta’lim muassasalariga kirish imtihon jarayonini ijtimoiy tarmoq sahifalari orqali kuzatib boring:
— Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti: https://www.youtube.com/live/kRd6StyYgqc?si=MkCbKsd2JTqhUdff
— Mir Arab oliy madrasasi: https://youtube.com/live/dp5CYDI6jEU?feature=share