Bugun 3 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

Ayrimlarning farzandlari bog‘cha va maktab-internatlar pulidan ozod qilindi

A A A
Ayrimlarning farzandlari bog‘cha va maktab-internatlar pulidan ozod qilindi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Iqtisodiyot va moliya vazirligining qo‘shma qarori bilan Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktab-internatlardagi bolalar ta’minotiga haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Xususan, boquvchisini yo‘qotgan ayollarning farzandlari, shuningdek, vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yo‘lida yaralangani, kontuziya yoki mayib bo‘lgani oqibatida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va xodimlarning farzandlari kvotadan qat’iy nazar ota-onalar to‘lovidan ozod qilinishi to‘g‘risida qo‘shimcha kiritilmoqda.

To‘lovdan ozod qilinadigan bolalar ro‘yxati quyidagi tasdiqlovchi hujjatlar asosida shakllantiriladi:

kam ta’minlangan oilalarning farzandlari uchun “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali berilgan oila kam ta’minlangan deb e’tirof etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;

boquvchisini yo‘qotgan ayollarning farzandlari uchun (quyidagi tasdiqlovchi hujjatlardan biri taqdim etilishi mumkin):

boquvchisini yo‘qotgan ayol boquvchisining o‘lim haqidagi guvohnomasi;

boquvchisining bedarak yo‘qolgan deb topish to‘g‘risidagi sudning hal qiluv qarori;

o‘lim holati fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida qayd qilinganligi haqida tibbiyot muassasalari tomonidan berilgan QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan ma’lumotnoma;

davlat xizmatlari markazi orqali berilgan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida o‘lim qayd etilganligi haqida ma’lumotnoma;

vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yo‘lida yaralanganligi, kontuziya yoki mayib bo‘lganligi oqibatida halok bo‘lgan harbiy xizmatchi yoki xodimning o‘lim haqidagi guvohnomasi.

Hujjat qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2023 yil 22 avgustdan kuchga kirgan.

Kiritildi: 10:42 24.08.2023. O'qildi: 1835 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!