Bugun 3 may, 2025 yil, shanba

КИР

Kontrakt to‘lovlaridan 12% mablag‘ni onlayn qaytarib olish mumkin

Kontrakt to‘lovlaridan 12% mablag‘ni onlayn qaytarib olish mumkin



🧑‍🎓OTMlarda o‘qiyotgan talabalar to‘lagan kontrakt pulidan yoki xususiy bog‘cha va maktablar uchun qilingan to‘lovlardan 12% qaytarib olish mumkin, bu uchun soliq organlariga borish shart emas.

✅Buning uchun my3.soliq.uz orqali shartnoma va to‘lov hujjatlarini biriktirgan holda deklarasiya yuborish mumkin.

👉“Soliq deklarasiyalarini yuborish” elektron xizmatida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar avtomatik shakllanadi.

Jismoniy shaxslarning quyidagilar uchun yo‘naltirilgan daromadlaridan 12% miqdorida daromad solig‘ini masofadan qaytarib olish mumkin:
🔰to‘lov - kontrakt;
🔰ipoteka kreditlari;
🔰nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi va maktablar.

💻Deklarasiya elektron raqamli imzodan foydalangan holda yuboriladi.

Kiritildi: 16:30 17.08.2023. O'qildi: 29613 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!