✅ 2023-yil 10-avgust kuni professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikumlar) ga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.
👨🏻💻 Abituriyentlarni ro‘yxatga olish Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytida “Professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda.
📆 Ro‘yxatga olish 10-sentyabrga qadar (10-sentyabr kuni ham) davom etadi va abituriyentlar 10-sentyabrga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari mumkin bo‘ladi.