Mamlakatimizda ishlab chiqarish ko‘lami kengayib borayotgani tufayli yildan-yilga talab oshib bormoqda. Albatta bularning barchasi sarmoya talab etadi.
Turli kelishuvlar sabab hamkorlik va boshqa oldi-berdilar samarali ketgani yaxshi, biroq qarz olib bermaslik esa samarli faoliyatni bir zumda ishini orqada qoldiradi.
Bunday vaziyatda Byuro xodimlari tomonidan qarzdor tomonga amaldagi Qonunchilikka ko‘ra huquq va majburiyatini tushuntirib majburiy tartibda undirishning o‘zi bo‘lmaydi.
Byuroning Yashnobod tuman bo‘limi ish yurituviga ham shu kabi qarzdorlik undiruvi kelib tushib, Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 24.03.2023 yilgi ijro varaqasiga asosan qarzdor "D. Story S." dan undiruvchi "Maxsus polimer zavodi" MCHJ foydasiga 966 mln. 148 ming 181 so‘m qarzdorlik davlat ijrochisi X.Alibekov tomonidan o‘tkazilgan majburiy ijro harakatlari davomida to‘liq undirilib, ijro hujjati ijrosi tamomlanishi ta’minlandi.