Bugun 25 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Prezident maktablarining birinchi bosqich imtihonlari haqida ma’lumot berildi

A A A
Prezident maktablarining birinchi bosqich imtihonlari haqida ma’lumot berildi

Respublika miqyosida Prezident maktablariga qabul qilingan hujjatlar bo‘yicha bitta o‘ringa o‘rtacha 169 ta nomzod to‘g‘ri kelmoqda. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muasasalari agentligi axborot xizmati rahbari Jo‘rabek Jangirov ma’lum qildi:

Hududlar kesimida bir o‘ringa qabul qilingan hujjatlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Andijon viloyatida 267 ta, Farg‘ona viloyatida 229 taga to‘g‘ri kelayotgan bo‘lsa, bir o‘ringa qabul qilingan hujjatlar bo‘yicha eng past ko‘rsatkich Sirdaryo viloyatida 80 ta, Navoiy viloyatida 74 taga to‘g‘ri kelmoqda.

Prezident maktablarining birinchi bosqich imtihonlari joriy yilning 15 iyul kuni 3 smenada: 1-smena soat 08.00da, 2-smena 12.00da hamda 3-smena 17.00da bo‘lib o‘tadi.

Bunda, talabgorlar 1 soat vaqt davomida Matematika fanidan 30 ta test topshiriqlarini bajarishi lozim.

Imtihon joyi va boshqa zaruriy ma’lumotlar talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma tarzida yuborildi.

‼️Talabgorlar imtihon boshlanishidan 1 yarim soat oldin tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi hamda ruxsatnoma bilan imtihon bo‘lib o‘tadigan joyga kelishlari kerak.

Kiritildi: 15:31 14.07.2023. O'qildi: 2061 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!