Bugun 1 may, 2026 yil, juma

КИР

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi funksiyalari kengaytirilmoqda

A A A
Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi funksiyalari kengaytirilmoqda

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi faoliyatiga oid qonunchilikka o‘zgartirish kiritish bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi.

O‘zgartirishlarga muvofiq.

  • Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi quyidagi qo‘shimcha funksiyalarni amalga oshiradi:
  • Madaniy meros agentligi faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berish;
  • Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan asrashga doir ishlar amalga oshiriladigan moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk ob’ektlarining har yillik manzilli ro‘yxatini ko‘rib chiqish hamda kelishish;
  • Madaniy meros agentligi tizimidagi tashkilotlarning rahbarlari faoliyati samaradorligining asosiy ko‘rsatkichlari (indikatorlari)ni monitoring qilib borish.
  • Jamg‘armaning daromadlar va xarajatlar smetasi bosh vazir tomonidan tasdiqlanadi;
  • Respublika bolalar kutubxonasi Maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi vazirligidan jamg‘arma tizimiga o‘tkazilmoqda.

Bundan tashqari, UNESSO ishlari Milliy komissiyaning yangi tarkibi tasdiqlanmoqda: jamg‘arma raisi lavozimi bo‘yicha Milliy komissiya raisi etib belgilanmoqda.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 4 iyuldan kuchga kirdi.

Kiritildi: 15:24 07.07.2023. O'qildi: 1712 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!