Sadir Japarovning fikricha, yuqoridagi ikki tashabbus tashkilotga a’zo mamlakatlar rivojiga, hamkorlikni chuqurlashtirishga xizmat qilishi kerak.
"SHHT makonida barcha transport turlarida tashish sifatini oshirish bo‘yicha qo‘shma ishlarni davom ettirish zarur. Tranzit salohiyatidan foydalanish mintaqaning iqtisodiy o‘sishiga yordam beradi", - dedi Qirg‘iziston prezidenti.