Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

O‘zbekistonda tuhmat qilganlik uchun qanday javobgarlik bor?

A A A
O‘zbekistonda tuhmat qilganlik uchun qanday javobgarlik bor?

☑️ Tuhmat, ya’ni bila turib yolg‘on, boshqa bir shaxsni sharmanda qiluvchi uydirmalarni tarqatganlik uchun qonunchilikda ma’muriy va jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan.

❕Xususan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda tuhmat qilgan shaxsga nisbatan 6 mln 600 ming so‘mdan 19 mln 800 ming so‘mgacha miqdorda jarima solinishi belgilangan.

⏩ Agar ushbu huquqbuzarlik ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilsa, 66 mln so‘mgacha miqdorda jarima yoki 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

🔰Tuhmat nashr qilish yoki boshqacha usulda ko‘paytirilgan tarzda, shu jumladan OAVda, telekommunikasiya tarmoqlarida yoki Internetda joylashtirish orqali amalga oshirilsa, ushbu harakat jinoyat hisoblanadi va aybdor:

▫️66 mln so‘mdan 132 mln so‘mgacha miqdorda jarima;
▫️300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
▫️2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
▫️1 yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanishi mumkin.

✅ Agarda tuhmat:

➖ og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda ayblab;
➖ og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lgan holda;
➖ xavfli residivist tomonidan;
➖ g‘arazgo‘ylik yoki boshqa past niyatlarda qilinsa:

▫️99 mln so‘mdan 165 mln so‘mgacha miqdorda jarima;
▫️360 soatdan 400 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
▫️1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash jazosi tayinlanishi mumkin.

Kiritildi: 21:36 02.06.2023. O'qildi: 3125 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!