Bugun 22 may, 2025 yil, payshanba

КИР

EOII bilan hamkorlik O‘zbekistonga nima beradi ?

A A A
EOII bilan hamkorlik O‘zbekistonga nima beradi ?

Evroosiyo iqtisodiy komissiyasi kollegiyasi raisi Mixail Myasnikovich O‘zbekistonga tashrifi arafasida “Narodnoye slovo” gazetasiga intervyu berdi.

Myasnikovich aytishiga ko‘ra, YEOII bilan hamkorlik O‘zbekistonni MDH hududiga pragmatik integrasiya qilish imkonini beradi.

Undan tashqari YEOII hududida yaratilayotgan yagona mehnat bozoridan foydalanish imkonini beradi.

Uchinchidan O‘zbekiston va uning asosiy savdo sheriklari orasida transchegaraviy to‘siqlar bartaraf etiladi.

To‘rtinchidan, O‘zbekiston yangi tashkil etilayotgan xalqaro temiryo‘l va avto transport koridorlariga integrasiya qilish imkoniga ega bo‘ladi.

Beshinchidan, O‘zbekiston YEOII davlatlarida jadal olib borilayotgan raqamli integrasiya jarayonlariga qo‘shilish, raqamli texnologiyalarning standartlashgan tizimidan foydalanish imkoniga ega bo‘ladi.

Oltinchidan, YEOII doirasida hamkorlik, SHHT va ASEAN davlatlari va so‘nggi yillardarda dolzarbligi tobora oshib Katta Yevroosiyo doirasida hamkorlikni chuqurlashtiradi.

Kiritildi: 13:39 08.07.2022. O'qildi: 3995 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!