Sobiq kongressvumen Merjori Teylor Grin AQSh Konstitusiyasiga kiritilgan 25-tuzatishni amaliyotga tatbiq etishni, ya’ni agar prezident jismoniy yoki ruhiy jihatdan o‘z vazifasini bajara olmasa yoxud mamlakatni boshqarishga layoqatsiz deb topilsa, uni lavozimidan chetlatish yoki vaqtincha almashtirish jarayonini boshlashni talab qildi.
Manamadagi AQSh elchixonasi Bayhrayndagi barcha amerikaliklarga Yaqin Sharqdagi keskin vaziyat sabab uydan chiqmaslikni tavsiya qildi.
Bloomberg xabar berishicha, Rossiya va Xitoy rezolyusiyaga veto qo‘yishdi.
Agar muzokaralar siljimasa, soat 20:00 ga kelib hujum boshlanishi mumkin va u avval ko‘rilmagan darajada qattiq bo‘ladi, deb xabar qildi Fox News jurnalisti Donald Tramp so‘zlariga tayanib.
Siyosatshunos Almas Haydar Naqviyning ta’kidlashicha, AQSh va Eron o‘rtasidagi asosiy to‘siq — o‘zaro ishonchsizlik bo‘lib, bu mojaroni hal qilishga jiddiy xalaqit bermoqda.
Britaniyalik siyosatchi Jim Fergyuson AQSh prezidenti Donald Trampning Eron sivilizasiyasini yo‘q qilish haqidagi bayonotini keskin tanqid qildi.
AQSh ma’muriyati Eronga nisbatan yadroviy zarba berish rejasi yo‘qligini ma’lum qildi.
Amerikalik nashr ma’lumotiga ko‘ra, Eron Vashington bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni to‘xtatishga qaror qilgan.
The Wall Street Journal xabariga ko‘ra, Tehron AQSh prezidenti Donald Trampning “Erondagi butun sivilizasiyani yo‘q qilish” haqidagi bayonotidan keyin Vashington bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotlarni to‘xtatgan.
Eron prezidenti Mas’ud Pazeshkiyon mamlakatni himoya qilishga tayyor ekanini bildirgan fuqarolar soni 14 milliondan oshganini ma’lum qildi.
Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali yuk tashishdagi uzilishlar tufayli Janubiy Koreya neft yetkazib berishni ta’minlash uchun Qozog‘iston, O‘mon va Saudiya Arabistoniga o‘z maxsus vakillarini yuborishini ma’lum qildi.
Ushbu ogohlantirish Eronning butun temir yo‘l infratuzilmasi Isroil nishoniga aylanishi mumkinligidan dalolat beradi.