Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Pazeshkiyon: 14 milliondan ortiq eronlik mamlakat himoyasiga tayyor

Pazeshkiyon: 14 milliondan ortiq eronlik mamlakat himoyasiga tayyor

Eron prezidenti Mas’ud Pazeshkiyon mamlakatni himoya qilishga tayyor ekanini bildirgan fuqarolar soni 14 milliondan oshganini ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, «Eron uchun jon fido qilish» shiori ostida o‘tkazilayotgan kampaniya doirasida millionlab insonlar o‘zini mamlakat himoyasiga tayyor deb e’lon qilgan.

Avvalroq, Eron parlamenti spikeri Muhammad Boqir Qolibof ham taxminan 7 million nafar fuqaro qurol olib mamlakatni himoya qilishga tayyorligini aytgan edi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur kampaniya mamlakatda milliy birlikni kuchaytirishga qaratilgan.

Kiritildi: Bugun 20:16. O'qildi: 571 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!