Sobiq kongressvumen Merjori Teylor Grin AQSh Konstitusiyasiga kiritilgan 25-tuzatishni amaliyotga tatbiq etishni, ya’ni agar prezident jismoniy yoki ruhiy jihatdan o‘z vazifasini bajara olmasa yoxud mamlakatni boshqarishga layoqatsiz deb topilsa, uni lavozimidan chetlatish yoki vaqtincha almashtirish jarayonini boshlashni talab qildi. "25-tuzatish!!! Qo‘shma Shtatlarga birorta ham bomba tushmadi. Biz butun boshli sivilizasiyani yo‘q qila olmaymiz. Bu yovuzlik va jinnilikdir", — deb yozdi u X ijtimoiy tarmog‘ida. "Bu manyakni lavozimidan chetlashtirish kerak. Maktabning bombardimon qilinishi va qizlarning ommaviy qirg‘inidan so‘ng, Oq uydagi harbiy jinoyatchi genosid bilan tahdid qilmoqda. Konstitusiyaga kiritilgan 25-tuzatishni qo‘llash vaqti keldi. Bu manyak lavozimidan chetlashtirilishi shart", — deb bayonot berdi kongressvumen Rashida Tlaib.