BMT Xavfsizlik kengashi Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochish uchun Eronga qarshi kuch ishlatishga ruxsat beruvchi rezolyusiyani rad etdi. Bloomberg xabar berishicha, Rossiya va Xitoy rezolyusiyaga veto qo‘yishdi.
Xavfsizlik Kengashining o‘n bir a’zosi uni qo‘llab-quvvatladi, ikkitasi betaraf qoldi.
Bahrayn tomonidan ishlab chiqilgan rezolyusiya xalqaro kuchlarga bo‘g‘ozda erkin kema harakatini ta’minlash uchun «barcha zarur vositalardan» foydalanish huquqini beradi. 3 aprel kuni Rossiya, Xitoy va Fransiya rezolyusiya loyihasini allaqachon bloklab qo‘yishgan edi. Mamlakatlar kuch ishlatishga ruxsat beruvchi omilga qarshi chiqishdi.
Ho‘rmuz bo‘g‘ozi Fors ko‘rfazidan neft va gaz yetkazib berishning asosiy yo‘nalishi hisoblanadi. 28 fevral kuni AQSh va Isroil harbiy operasiyasi boshlanganidan so‘ng, Eron bo‘g‘ozdagi yuk tashishni to‘sib qo‘ydi.
Keyinchalik Tehron Rossiya, Xitoy va Hindiston kabi do‘stona davlatlarga o‘tishga ruxsat berdi. AQSh prezidenti Donald Tramp Eronga kelishuvga erishishdan va Hormuz bo‘g‘ozini ochishdan bosh tortsa, «dahshatli oqibatlar» bilan tahdid qildi.