«Daryo»ga Shahrisabz shahridagi 7-umumta’lim maktabidan murojaat bo‘ldi. Murojaatda muallif maktab o‘quvchilarining o‘qituvchilar faoliyatidan norozi ekanligini yozish barobarida o‘qituvchilarning 6—10-sinflarda tahsil oluvchi o‘g‘il bolalar sochini qaychilab, ularning ustidan kulganini iddao qiladi.
Internetdagi ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyat kardiologiya dispanserida tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun uzundan uzoq navbat yuzaga kelayotgani va davolanish uchun tibbiy xizmatlarning yuqoriligi (10 kun uchun 2 million so‘m) haqida xabarlar tarqaldi.
2019 yil 14 yanvar kuni Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida yashovchi M.S.(ismli ayol) uyi hammomini istish maqsadida o‘tin yoqib, ustiga kerosin yoqilg‘isini sepgan vaqtida alanga hosil bo‘lgan.
11 yanvar kuni kechki payt soat 22:30 da Qarshi shahri 6-mittituman hududida 2000 yilda tug‘ilgan kollej o‘quvchisi B.M. 1997 yilda tug‘ilgan qiz bola tanishi M.B.ni urib, unga og‘ir tan jarohati yetkazgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, natijada M.B. kasalxonaga yotqizilib, B.M. qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Energiya resurslari, suv chiqarish va suv ta’minoti sohasida debitor qarzdorlikni qisqartirish hamda noqonuniy ulanish holatlarini fosh etish, ularga chora ko‘rish va bunday holatlarni oldini olish Byuroning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
2019 yil 7 yanvar kuni Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida yashagan N.Q.ning jasadi topilgan. Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida 7 yanvar kuni “Xarduri” MFY Yangihayot qishlog‘ida yashovchi A.X. mast holda o‘zaro janjal sabab N.Q.ning tanasini turli joylariga urib-tepib, jarohat yetkazganligi aniqlangan.
Shu yilning 6 yanvar kuni noma’lum haydovchi davlat raqamlari aniqlanmagan “Neksiya” rusumli avtomashinani Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida haydab ketayotib “Yangiobod” MFYda yashagan piyoda X.P.ni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgan.
Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida 2019 yil 6 yanvar kuni taxminan soat 19-20 oralig‘ida noma’lum haydovchi davlat raqamlari aniqlanmagan kul rangli “Neksiya” rusumli avtomashinani “Esat-Tanxoz” yo‘lining 26-km.da. haydab ketayotib, piyoda, Yangiobod MFYda yashagan 83 yoshli X.P.ni urib yuborib, voqea joyidan ketib qolgan.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash, yuksak ma’naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o‘zlashtirgan, har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish maqsadida tashkil etilgan uchrashuvda viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyev Yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkilot yetakchilari va bir guruh iqtidorli yoshlar bilan suhbatlashdi.
Shu yilning 3 yanvar kuni Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida yashovchi D.E. uyi tandirxonasidagi o‘choqqa o‘t yoqqan vaqtida, u yerdagi yelim idishdagi gaz kondensati olov ta’sirida alangalangan.
Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida 6 nafar farzandi bilan ijarama-ijara yashab yurgan Tursuntosh Shoto‘rayeva tuman xotin-qizlar qo‘mitasi va mahalla mas’ullarini oilasiga arzonlashtirilgan uy-joy berishni kechiktirishda ayblamoqda. Turon24 ushbu murojaatni o‘rganish maqsadida Nishon tumanining Baynalminal mahallasida bo‘ldi.