Bugun 16 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Piyodaning umriga zomin bo‘lib, qochib yurgan qashqadaryolik haydovchi qo‘lga olindi

Piyodaning umriga zomin bo‘lib, qochib yurgan qashqadaryolik haydovchi qo‘lga olindi

Shu yilning 6 yanvar kuni noma’lum haydovchi davlat raqamlari aniqlanmagan Neksiya rusumli avtomashinani Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida haydab ketayotib Yangiobod MFYda yashagan piyoda X.P.ni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha, X.P. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu yo‘l-transport hodisasini Yakkabog‘ tumani Jiyda MFYda yashovchi 23 yoshli O‘.A. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Tergov davom etmoqda.

Kiritildi: 16:17 08.01.2019. O'qildi: 1586 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!