Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Chiroqchi tumanida 2018 yil davomida davlatga qancha zarar yetkazilgan?

Chiroqchi tumanida 2018 yil davomida davlatga qancha zarar yetkazilgan?

Energiya resurslari, suv chiqarish va suv ta’minoti sohasida debitor qarzdorlikni qisqartirish hamda noqonuniy ulanish holatlarini fosh etish, ularga chora ko‘rish va bunday holatlarni oldini olish Byuroning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Manbamizning xabar berishicha, Majburiy ijro byurosi Chiroqchi tumani bo‘limi tomonidan 2018 yilning o‘tgan davrida jami 700 ga yaqin qoidabuzar iste’molchilarga nisbatan dalolatnomalar rasmiylashtirilgan, buning natijasida davlat manfaatlariga 800 mln. so‘mga yaqin miqdorda zarar yetkazilganligi aniqlangan. Masalan, elektr energiyasi bo‘yicha tumandagi Xo‘jaobod MFYda yashovchi fuqaro L.S.ga tegishli bo‘lgan savdo do‘konida elektr energiyasidan foydalanishning qonuniyligi o‘rganilganda, do‘konda plastik kartali hisoblagich o‘rnatilgan bo‘lsada, uddaburon tadbirkor do‘kon osti yerto‘lasida hisoblagichga kiruvchi simlarning oralig‘idan kabellarni archib noqonuniy ulanib elektr energiyasidan foydalanib kelganligi aniqlangan. Natijada holat yuzasidan qoidabuzar iste’molchiga dalolatnoma rasmiylashtirilib, yetkazilgan 4 mln. 505 ming 706 so‘m zarar to‘liq undirilgan.

Tabiiy gaz bo‘yicha Chorvador MFYda yashovchi fuqaro O.SH. xonadonida elektr va tabiiy gazdan foydalanishning qonuniyligi o‘rganilganda, yer osti magistral gaz quvuriga noqonuniy ulanib, tabiiy gazdan ohak ishlab chiqarish sexi uchun foydalanib kelganligi aniqlangan. Natijada holat yuzasidan qoidabuzar iste’molchiga dalolatnoma rasmiylashtirilgan va yetkazilgan 11 mln. 047 ming so‘m zarar to‘liq undirilgan.

Suv ta’minoti bo‘yicha Yangiqurilish MFYda yashovchi fuqaro X.Q.ga tegishli bo‘lgan cho‘milish havzasi maishiy xizmat ko‘rsatish shaxobchasida suvdan foydalanishning qonuniyligi o‘rganilganda, magistral ichimlik suv quvuridan noqonuniy, hisobga olish asbobisiz tarmoq tortib cho‘milish havzasidan foydalanib kelganligi aniqlangan. Natijada holat yuzasidan qoidabuzar iste’molchiga dalolatnoma rasmiylashtirilib, yetkazilgan 14 mln. 580 ming so‘m zarar to‘liq undirilgan.

Kiritildi: 14:02 11.01.2019. O'qildi: 1525 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!