Bugun 18 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Qashqadaryo

Shahrisabzda masjid oldida o‘g‘rilik qilayotgan shaxs qo‘lga olindi

Shahrisabzda masjid oldida o‘g‘rilik qilayotgan shaxs qo‘lga olindi

11 mart kuni soat taxminan 13:00 larda namanganlik A.A. Shahrisabz shahridagi Amir Temur xiyobonida joylashgan «Hazrati Imom» jome masjidiga peshin namozini o‘qish uchun kelgan mahalliy ziyoratchi — 1956 yil tug‘ilgan fuqaro M.I.ning Nexia rusumli avtomashinasini qo‘lidagi temir jism bilan ochib, qimmatbaho buyumlarni olmoqchi bo‘lgan vaqtida ushlangan.

Kiritildi: 14:11 15.03.2019. O'qildi: 1769 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Qashqadaryodagi tibbiyot birlashmasida qonunbuzarlik aniqlandi

Majburiy ijro byurosi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi organlari tomonidan viloyatdagi tibbiyot muassasalarining birida energiya va suv resurslaridan foydalanish holati yuzasidan monitoring o‘tkazildi.

Kiritildi: 15:24 13.03.2019. O'qildi: 1912 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Qashqadaryolik erkak nega qaynotasini temir bilan urdi?

2019 yil 11 mart kuni Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida yashovchi SH.B. uyi oldida o‘zaro janjal tufayli shu mahallada yashovchi qaynotasi A.S.ning boshiga temir bo‘lagi bilan urib jarohat yetkazgan.

Kiritildi: 14:48 13.03.2019. O'qildi: 1804 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Qashqadaryoda 59 yoshli nogiron YHXB xodimlari tomonidan kaltaklanganidan shikoyat qildi

Qashqadaryo viloyati Koson tumanida yashovchi 59 yoshli ikkinchi guruh nogironi Olim Mustafayev YHXB xodimlari tomonidan kaltaklanib, shifoxonaga yotqizildi, deb xabar bermoqda ca-news.uz.

Kiritildi: 12:34 12.03.2019. O'qildi: 2499 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Qashqadaryo viloyatiga oid yangi qaror qabul qilindi

Qashqadaryo viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘rsidagi Hukumat qarori (198-son, 08.03.2019 y.) qabul qilindi.

Kiritildi: 17:55 11.03.2019. O'qildi: 2801 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Mashina uchun ota bir kunda 2 yillik aliment pullarini to‘lab berdi

Bu dunyoda turfa insonlar, turfa taqdirlar bor. Bir umrga baxtli yashashni niyat qilib turmush qurgan juftlik ajrashib ketadi. Bunga sabablar turlicha, ammo oilada erkak kishi otalik mas’uliyatini unutmasligi lozim.

Kiritildi: 12:32 11.03.2019. O'qildi: 1885 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Qashqadaryodagi tuman va shaharlardan yo‘qolgan o‘nlab mol va qo‘ylar yashirilgan joy topildi

9 fevral kuni Qashqadaryo viloyat IIB xodimlari tomonidan Qarshi shahrida o‘tkazilgan tezkor «reyd» tadbirlarida viloyatning bir nechta tuman va shaharlaridan yo‘qolgan qora mollar va mayda shoxli mollar topilgan. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati «Daryo»ga ma’lum qildi.

Kiritildi: 08:19 10.02.2019. O'qildi: 4924 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Qashqadaryoda ilk bor xalqaro havo sharlari festivali o‘tkaziladi

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz va Kitob tumanlarida O‘zbekistonda ilk bor xalqaro miqyosda havo sharlari festivali o‘tkaziladi. Aeronavtika federasiyasi Turizmni rivojlantirish qo‘mitasiga mazkur taklifni bildirgan. Bu haqda OAV vakillari va turoperatorlar uchun tashkil etilgan info-tur davomida ma’lum qilindi.

Kiritildi: 21:30 09.02.2019. O'qildi: 4841 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Qashqadaryolik erkak hamqishlog‘ining umriga zomin bo‘ldi

2019 yil 4 fevral kuni soat 23:30larda Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumani Daryo MFYda yashovchi I.U. uyi oldida o‘zaro janjal sabab mast holda bo‘lgan hamqishlog‘i L.J.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan.

Kiritildi: 13:03 06.02.2019. O'qildi: 1667 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Qashqadaryoda bir guruh talonchilar qo‘lga olindi

2019 yil 2 fevral kuni soat 20:30 larda Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani Vori qishlog‘ida yashovchi SH.K., SH.R., SH.X., SH.CH. va J.K.lar shu qishloq hududida joylashgan elektr stansiyasi oldida, Chiroqchi tumanida yashovchi X.S. va uning pochchasi Q.X.ni kuch ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitib, Q.X. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli  avtomashina salonidan 1 700 000 so‘m pulini hamda ular yonida bo‘lgan qo‘shimcha pul va mobil telefonlarini tortib olib, voqea joyidan qochib ketganlar.

Kiritildi: 16:12 05.02.2019. O'qildi: 2124 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Endi navbat Qashqadaryoga: Chiroqchida tug‘ilgan egizaklarga Shavkat, Miromon, Mirziyo deb ism qo‘yildi (foto)

Chiroqchi tumanining Qo‘rg‘ontepa qishlog‘ida tarix fani o‘qituvchi Sherzod Do‘stumrodov oilasida dunyoga kelgan 3 nafar egizak farzandlarga davlat rahbariga havas qilib Shavkat, Miromon va Mirziyo deb ism qo‘yildi. Bu haqda «Daryo»ga Chiroqchi tuman FHDYo mudirasi Ozoda Jumayeva ma’lum qildi.

Kiritildi: 14:47 28.01.2019. O'qildi: 3426 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Qashqadaryoda ham niqobli bosqinchilar qo‘lga olindi

2019 yil 12 yanvar kuni noma’lum shaxslar yuzlariga niqob kiygan holda Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumani “G‘allakor” MFYda yashovchi F.Q.ning uyiga bostirib kirib, uni va turmush o‘rtog‘ini qo‘llari bilan jarohatlab, uyidan pul hamda qimmatbaho buyumlarni topa olmay, voqea joyidan yashiringan, deb xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.

Kiritildi: 15:04 25.01.2019. O'qildi: 2792 marta. Fikrlar soni: 0 ta.