Ommaviy karantin tadbirida uyda o‘tirmagan bu fuqarolar o‘z umriga o‘zi zomin bo‘ldi desak, mubolag‘a emas.
Qashqadaryo. 2020 yilning 04 aprel kunidan 05 aprel kuniga o‘tar kechasi noma’lum shaxslar G‘uzor tumani Mustaqillik MFYda joylashgan to‘yxona oldida, Tojikiston Respublikasi fuqarosi, 24 yoshli A.S., tomonidan qarovsiz qoldirilgan “Scania” rusumli yuk avtomashinasining yoqilg‘i saqlash baki qulfini buzib, 300 litr dizel yoqilg‘i tortish moslamasi (nasosini) o‘g‘irlab ketgan.
Bugun ertalabdan akam qo‘ng‘iroq qilib, mashinada yonilg‘i tugagani uchun “zapravka”ga borish kerakligini aytib qoldi. Har ehtimolga qarshi avtomobil harakat uchun tayyor holda bo‘lgani yaxshida!
Ayni paytda viloyatda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan bemorlar 6 nafarga yetgan.
Bugun Qashqadaryo farzandi – bloger va huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev 100 qop un mahsulotini yetkazdi.
Karantin muddati tugagan 373 nafar fuqarolar doimiy istiqomat qiladigan manzillariga kuzatildi.
Qashqadaryo. 2020 yilning 04 aprel kuni soat 00:50 da haydovchi 28 yoshli F.SH., “Spark” rusumli avtomashinasini Muborak tumani Sariq qishlog‘idan o‘tuvchi “4P-96” avtomobil yo‘lining 3 kilometrida boshqarib ketayotgan vaqtida, boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, shu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan 24 yoshli F.X., boshqaruvidagi “Zil-130” rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir qilgan.
Qashqadaryoda rashk tufayli kelib chiqqan janjal sabab erkak rafiqasini bo‘g‘ib o‘ldirdi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Dehqonobodda joriy yilning 1 aprel kuni to‘rt fasl havosi kuzatilgan. Bu haqda tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri O‘ktam Toshboyev so‘zlab berdi.
Virus yuqtirgan 14 yoshli bemor yashagan qishloqda to‘liq dizenfeksiyalash ishlari olib borildi.
Chiroqchida aniqlangan bemor haqida Qashqadaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati boshlig‘i Nuriddin Egamov aniqlik kiritdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryoda koronavirusni aniqlovchi jihoz yo‘qligi bo‘yicha ma’lumot tarqatildi. Kasallik kelsa ham aniqlab bo‘lmas ekan.