Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Qashqadaryolik 14 yoshli yigit qanday qilib koronavirusga chalingani ma’lum bo‘ldi

Qashqadaryolik 14 yoshli yigit qanday qilib koronavirusga chalingani ma’lum bo‘ldi

Chiroqchida aniqlangan bemor haqida Qashqadaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati boshlig‘i Nuriddin Egamov aniqlik kiritdi. Bu haqda "nnews.uz" xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, bemor o‘g‘il bola. U Koronavirusdan vafot etgan 39 yoshli shifokorning jiyani.

– Kasalligi tufayli operasiya qilinish uchun qarindoshinikiga otasi bilan borgan, – deydi N.Egamov. – Vrach uni tanish shifokorlari yordamida operasiya qildirgan. Otasining shaxsiy mashinasida borganigi uchun jamoat transportlarida yurmagan. 23 mart kuni uyiga qaytgan. Qashqadaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan 14 yoshli bemor va uning yaqin qarindoshlarini karantinga olinmoqda. Otasida kasallik belgilari aniqlanmadi. Hozir Chiroqchi tumanida tekshiruv profilaktika ishlari davom etayotganligi sababli karantinga olinganlarning yakuniy soni haqida ma’lumot bera olmayman..

Kiritildi: 11:09 31.03.2020. O'qildi: 8401 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!