Ayni paytda viloyatimizda 199 nafar fuqaro stasionar, 4811 nafar fuqaro uy sharoitida karantinda saqlanmoqda. Ularning salomatliklari qat’iy nazoratga olingan.
Poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasi, Xorazm, Namangan va Buxoro viloyatlari safiga endilikda Qashqadaryo viloyati ham qo‘shildi.
Qashqadaryolik “Sultan teks” xususiy korxonasi rahbari Nurbek Ergashev Shavkat Mirziyoyevga murojaat qilib, mahalliy bo‘g‘indagi rahbarlar tazyiqidan himoya qilishni so‘radi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “QASHQADARYo – “Jahonda kichik tibbiyot xodimlari soni oshmoqda, bizda esa ular mehnatidan voz kechilmoqda” sarlavhali murojaat bo‘yicha Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.
G‘uzor tumani hokimi Sa’dulla Boboqulov o‘z arizasiga ko‘ra, egallab turgan lavozimidan ozod qilindi. Viloyat hokimligi axborot xizmatining yozishicha, fidoyi xizmatlari uchun viloyat hokimi S.Boboqulovga rahmat aytib, salomatligini tiklab tez orada ishga qaytishiga tilak bildirgan.
Shahrisabz shahar aholisining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va xavfsizligini ta’minlash, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish maqsadida viloyat maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, joriy yil 10 aprel kuni, tungi soat 00:01 dan boshlab Shahrisabz shahriga kirish va chiqish to‘xtatiladi.
Bugun Qashqadaryo viloyati hokimi Z.Mirzayev Shahrisabz shahri va Yakkabog‘ tumanida karantin qoidalariga qay darajada amal qilinayotganligi bilan tanishdi. O‘rganish jarayonida bir qator kamchiliklar aniqlandi. O‘rganish yakunlari yuzasidan viloyat maxsus komissiyasining yig‘ilish qarori ham qabul qilindi.
Joriy yilning 4 aprel kuni Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumani, Tokzor MFY hududida “Spark” rusumli transport vositasi haydovchisi o‘z hayotini xavf ostiga qo‘ygan holda quvur ustidan harakatlanib o‘tgan va unga nisbatan o‘rnatilgan tartibda chora ko‘rildi.
Joriy yilning 8 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumani hududidagi suv quvuri ustidan harakatlanib o‘tgan Spark rusumli 70 V 220 CA davlat raqam belgili transport vositasi tasvirlangan video lavha tarqaldi.
Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmatiga ko‘ra, ayni paytda Qashqadaryo viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida koronavirus infeksiyasi aniqlangan 6 nafar bemor davolanmoqda. Bemorlarning umumiy ahvoli hamon o‘rta og‘ir darajada.
Respublikamizning turli hududlarida bo‘lgani kabi Qashqadaryoda ham haqiqiy qor yog‘moqda.
Qashqadaryolik haydovchi Spark avtomobilini soy ustidagi suv quvuridan yurgazib, narigi tomonga o‘tib oldi.