Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Qashqadaryoda er xotinining qo‘l-oyog‘ini stulga bog‘lab, vahshiylarcha o‘ldirdi

Qashqadaryoda er xotinining qo‘l-oyog‘ini stulga bog‘lab, vahshiylarcha o‘ldirdi

Qashqadaryoda rashk tufayli kelib chiqqan janjal sabab erkak rafiqasini bo‘g‘ib o‘ldirdi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, 2020 yil  1 aprel kuni soat 12:00 larda Shahrisabz shahri, Teparlik mahallasida yashovchi 1974 yilda U.Q.  turmush o‘rtog‘i, 1981 yilda tug‘ilgan G.S.  bilan rashk tufayli o‘zaro janjallashib qoladi. Shundan so‘ng erkak ayolini o‘ldirish maqsadida yashash uyining xo‘jalik xonasidagi stulga majburan o‘tqizib, qo‘l va oyoqlarini stulga arqon ip bilan bog‘laydi.  Qo‘lidagi arqon bo‘lagi bilan esa ayolning bo‘yin sohasidan bo‘g‘ib, qasddan o‘ldiradi.

Mazkur holat yuzasidan shu kuni shahar prokuraturasi tomonidan U.Q.ga nisbatan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni paytda u gumonlanuvchi tarikasida ushlangan.

Kiritildi: 14:11 03.04.2020. O'qildi: 8943 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!