Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Ana xolos! Dehqonobodda qalin qor yog‘di

Ana xolos! Dehqonobodda qalin qor yog‘di

Dehqonobodda joriy yilning 1 aprel kuni to‘rt fasl havosi kuzatilgan. Bu haqda tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri O‘ktam Toshboyev so‘zlab berdi.

Ta’kidlanishicha, tumanning tog‘li Oybek va Duob qishloqlarida 1 aprel kuni qalin qor yog‘gan.

 “1 aprel kuni tumanimizning bir tomonida qor yog‘gan bo‘lsa, yana bir tomonida yomg‘ir, bir tomonida esa bulutli havo va yana bir chekkasida bahordan darak bo‘lgan tog‘ lolasini ko‘rdim”, — deydi O‘ktam Toshboyev. — Dehqonobod tumanida bir vaqtning o‘zida to‘rt faslni kuzatish mumkin. Demakki, O‘zbekistonimiz jannatmonand diyordir!

O‘ktam Toshboyevning yozishicha, hududda 11 ta maktab joylashgan.

Kiritildi: 10:34 03.04.2020. O'qildi: 4998 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!