Бугун 28 ноябрь, 2025 йил, жума

O'ZB

payme plus keshbekni yangiladi — kundalik to‘lovlarda yanada ko‘proq foyda

payme plus keshbekni yangiladi — kundalik to‘lovlarda yanada ko‘proq foyda

Har kuni turli xizmatlar uchun to‘lov qilasiz va xarajatlarning bir qismi qaytishi doimo yoqimli. payme plus’dagi 1% keshbek ko‘pchilik uchun allaqachon yaxshi odatga aylangan. Aynan foydalanuvchilarning ijobiy fikrlari asosida payme jamoasi keshbek tizimini yanada foydaliroq qilishga qaror qildi.

Endi keshbek yanada moslashuvchan — ayrim to‘lovlar uchun 1% va undan yuqori keshbek taqdim etiladi. Bundan tashqari, payme plus obunachilari uchun 2025-yil 30-dekabrgacha amal qiladigan maxsus aksiyalar ham ishga tushirildi:

  • kommunal to‘lovlar uchun — 3% keshbek, batafsil ma’lumot – havolada.
  • aksiya davomida jamoat transportida birinchi 20 ta safar uchun — 100% keshbek, batafsil ma’lumot – havolada.

Bu faqat boshlanishi — oldinda yanada ko‘proq foydali takliflar kutmoqda.

Shuningdek, oylik keshbek limiti ham yangilandi — endi u 200 000 so‘m. Bu bilan har oy to‘lovlaringizdan sezilarli foyda olasiz.

Yangi keshbek modeli bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

*Keshbekning aniq foizi ilovada ko‘rsatiladi.

Киритилди: Бугун 17:59. Ўқилди: 126 марта. Фикрлар сони: 0 та.
telegram channel

Бўлимга тегишли қизиқарли хабарлар

Энг кўп ўқилган янгиликлар

Фикр билдириш учун қайдномадан ўтишингиз сўралади ва телефон ракамни тасдиклаш керак булади!