Бугун 25 апрель, 2024 йил, пайшанба

O'ZB

«Atletiko Madrid» – «Yuventus»: Yakuniy hisob (bugungi futbol)

«Atletiko Madrid» – «Yuventus»: Yakuniy hisob (bugungi futbol)

Bizda siz istashingiz mumkin bo‘lgan to’liq tafsilotlar bilan futbol o‘yinlarini o‘tkazish bo‘yicha eng aniq va eng so‘nggi ma‘lumotlarga egamiz. Bundan tashqari, siz boshqa davlatlar, ligalar, kuboklar, milliy terma jamoalar va klublarning kelgusi uchrashuvlar taqvimi, so‘nggi natijalari va jonli hisoblar bilan tanishishingiz mumkin. Bugungi futbol bilan hech narsani o‘tkazib yubormang!

“Atletiko”ning rekord mablag‘ga sotib olgan fulbolchisi Joao Feliks Xalqaro Chempionlar kubogi doirasida “Yuventus”ga qarshi “National arena”da bo‘lib o‘tgan o‘yinda o‘z hisobiga bitta gol urish va Tomas Lemarga assistentlik qilishi orqali portugaliyalik hamkasbi Krishtianu Ronaldudan o‘zib ketdi. Muxlislarning ko‘pchiligi uchrashuvga Krishtianu Ronalduni ko‘rishga kelgan bo‘lsa-da, Feliks unga o‘z o‘yinini ko‘rsatishga imkon bermadi. Futbol tarixida ikkinchi eng qimmat oyinchiga (126 million yevro) aylangan o‘n to‘qqiz yoshli hujumchi o‘z jamoasiga birinchi golni urishga yordam berdi.  Portugaliyalikning ushbu qahramonligiga qaramay, “Yuventus”ning tajribali yarim himoyachisi Sami Xedira  besh daqiqadan so‘ng hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi.

Oradan atigi to‘rt daqiqa o‘tib, Joao Feliks o‘yin taqdirini hal qilgan uchinchi golga mualliflik qildi. Ushbu o‘yinga doir qo‘shimcha ma’lumotlar bilan eng ishonchli livescore vebsaytlardan biri bo‘lgan Fscore sayti orqali tanishishingiz mumkin.

“Yuventus”ning Italiya Chempionati doirasigi kelgusi uchrashuvlari ro‘yxati:
⦁    08/24/2019 – “Parma” (mehmonda)
⦁    08/31/2019 – “Napoli” (uyda)
⦁    09/15/2019 – “Fiorentina” (mehmonda)
⦁    09/22/2019 – “Verona” (uyda)
⦁    09/25/2019 – “Breskia” (mehmonda)

Shuni aniq ayta olamizki, ushbu o‘yinlarning hech biri “Yuventus” uchun oson kechmaydi. “Yuventus” mavsumoldi uchrashuvlarda yaxshi natijalar qayd eta olmadi,  shuning uchun “Atletiko Madrid”dan qabul qilib olingan mag‘lubiyat xavotirga sabab bo‘lishi mumkin. “Keksa sinyora” o‘tgan yili A Seriyani yetakchi sifatida yakunladi, ammo hozir ko‘pchilik “Napoli” bu yil turnirda g‘olib chiqish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkinligini aytmoqda.

“Yuventus” Italiya chempionati doirasida ko‘p marotaba birinchilikka ega bo‘lgan bo‘lsa-da, u hali ham katta bosim ostida qolmoqda. Ko‘pchilik muxlislar jamoaning yulduz fulbolchisi Krishtianu Ronalduni ayblashmoqda, ularning fikriga ko‘ra u yaxshi harakat qilmayapti, dangasa va beparvo bo‘lib qolmoqda, bu portugaliyalik hujumchiga xos emas.

“Atletiko Madrid” va ularning yangi yulduz o'yinchisi Joao Feliksni kelajakda nima kutayotganini kuzatish juda qiziqarli. Shunga qaramay, biz muxlislar Krishtianu Ronaldu va uning jamoasi “Yuventus”ga ko‘proq qiziqish bildirayotganini his qilyapmiz. Eng so‘nggi hisoblar, jadvallar, tarkiblar va boshqalarga ega bo‘lish uchun FScorening Italiyaning A Seriyasi uchun maxsus tayyorlangan sahifasiga tashrif buyuring. Bu barcha so‘nggi yangiliklar va natijalardan xabardor bo‘lishning ishonchli usuli hisoblanadi.

Киритилди: 20:04 09.09.2019. Ўқилди: 3496 марта. Фикрлар сони: 0 та.
telegram channel

Бўлимга тегишли қизиқарли хабарлар

Энг кўп ўқилган янгиликлар

Фикр билдириш учун қайдномадан ўтишингиз сўралади ва телефон ракамни тасдиклаш керак булади!