Xabaringiz bor, Zinedin Zidan ketganidan keyin “Real” bosh murabbiysiz qoldi. Ayni damda “qirollik klubi” bir qator murabbiylarga qiziqish bildirmoqda.
Bosh prokuratura tomonidan madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishga oid qonun hujjatlari ijrosi bo‘yicha Madaniyat vazirligi tizimida o‘rganishlar o‘tkazildi. Bu haqda Bosh prokuraturaning Sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqa ijtimoiy sohalarda qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i Umirbek Madrahimov ma’lum qildi.
Hech kim gunoh qilishdan to‘liq muhofazalangan emas – bu insoniyatning tabiatidir. Xamda, hadisda aytilishiga binoan, jannatiylar amaliga qarab emas, balki Allohning marhamatiga binoan jannatga tushishadi. Ammo bu, boqiy saodat yo‘lini qidirmaymiz, degani emas. Undan tashqari, shayton uchun, bizni to‘g‘ri yo‘ldan urishga qulaylik yaratuvchi, aqlimizga qo‘yayottgan tuzoqlari haqida ham bilishimiz kerak emas, degani xam emas. Gohida biz, xayollarimizning kuchini, hatti-harakatlarimizga ko‘rsatayotgan ta’siriga, yetarlicha baho bera olmaymiz. Hayollarimiz, aqlimizda chaqmoq kabi yonib, mantiq va aql bilan ish tutishimizga yo‘l qo‘ymay, shak-shubha uyg‘otib qo‘yadi. Shuning uchun, biz ularga o‘z vaqtida razm solib turishimiz, xamda, bu tuzoqlar, bizning tanlab olgan to‘g‘ri yo‘limizda yurishimizga xalaqit bermasligi uchun, ularni yaxshilab “tanib” olishimiz kerak.
Buxoro viloyati IIBga Olot tumani Paxtakor MFYda ikki fuqaro murojaat qilib, ularga tegishli eshaklar bir kechada yashirin ravishda o‘g‘irlab ketilganligini ma’lum qildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati «Daryo» ga xabar bermoqda.
Jahonda yetishtiriladigan sabzavotlarning 60 foizi, mevalarning esa 30 foizi Xitoyning ulushiga to‘g‘ri keladi. Mamlakat yiliga 20 milliard AQSh dollari qiymatidagi qishloq-xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qiladi.
Speedtest Global Index ma’lumotlariga ko‘ra, oxirgi ikki oyda O‘zbekistonda internet tezligi oshgan. Xususan, may oyi hisoboti bo‘yicha O‘zbekiston ikki pozisiya yuqorilab, 125 davlat ichida endi 113-o‘rinni egallab turibdi(8,91 Mbit/s).
AQSh prezidenti Donald Tramp Britaniya bosh vaziri Tereza Meyni xushlamasligi sababli Kanadada bo‘lib o‘tadigan “Katta yettilik” sammitida ular o‘rtasida ikki tomonlama muzokara o‘tkazilmaydi, deb yozdi Telegraph gazetasi Britaniya hukumati vakiliga tayanib.
1,4 milliard yil avval Yerda bir sutka 19 soatga teng bo‘lgan ekan. Bu haqda «xabar.uz» xabar bermoqda.
Urugvay va O‘zbekiston milliy terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yinidan so‘ng O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘FA birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. U o‘rtoqlik uchrashuvi davom etayotgan vaqtda Yaponiya poytaxti Tokioda bo‘lib turgandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 8 iyun kuni Xitoy Xalq Respublikasining Sindao shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bergan.
Toshkent shahar bosh imom-xatibi – “Minor” jome masjidi imomi Anvar qori Tursunov haqidagi mish-mishlar hamon tin olgani yo‘q. Bugun, 8 iyun kuni “Minor” masjidiga juma namozini o‘qish uchun kelganlar soni avvalgidan ko‘p bo‘ldi. Bunga ijtimoiy tarmoqlarda janoza haqida tarqalgan xabarlar sabab bo‘lgan bo‘lsa, ajabmas emas.
Bosh prokuratura tomonidan madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishga oid qonun hujjatlari ijrosi bo‘yicha Madaniyat vazirligi tizimida o‘rganishlar o‘tkazildi. Bu haqda Bosh prokuraturaning Sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqa ijtimoiy sohalarda qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i Umirbek Madrahimov ma’lum qildi.
Yaqinda Britaniya shahzodasi Garri bilan nikohdan o‘tgan Megan Marklga Qirolicha Yelizaveta II ning munosabati qanday bo‘lishi ko‘pchilikni qiziqtirayotgandi. Qirolicha Yelizaveta II esa yangi kelinga ehtirom ko‘rsatib, Kembrij gersoginyasi Keyt Middltonnining qonini qaynatdi.
Toshkent shahri Chilonzor tumanida yashovchi fuqaro 2002 yilda tug‘ilgan qizni ojizaligidan foydalanib “zo‘rlagan”i aytilmoqda.
O‘zbekiston valyuta birjasidagi savdolarda dollar kursi 7900 so‘mdan pastga tushib, 7896 so‘mga teng bo‘ldi. So‘m 2018 yil fevralidan beri dollarga nisbatan mustahkamlanib kelmoqda. Aprel oyidagi biroz pasayishdan so‘ng valyuta 7900 so‘mga yaqinlashib bordi.
«UzNews.uz» nashri orqali «Gubkin» filialidan 23 nafar talabaning o‘qishdan haydalishi haqida maqola chop etilganidan so‘ng, nashrga Obid Asomov qo‘ng‘iroq qilib, shikoyati borligini bildirgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda o‘qituvchini masxara qilib, uning ustidan pul sochgan o‘quvchilar videosi tarqalgan edi. «Xabar» nashri ushbu masala yuzasidan oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bergan izohni chop etdi. Vazirlik matbuot xizmati ushbu video taxminan o‘n yillik tarixga ega eganini aytgan.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali «GM Uzbekistan» AJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan «Damas» rusumli avtomobilning ayrim detallarini olib tashlanayotganligi to‘g‘risida xabar tarqalgan edi.
Fitr sadaqasi asliy va zaruriy ehtiyojlaridan ortgan moli nisobga yetgan har bir ozod musulmonga vojib bo‘ladi. Imom Shofe’iyga ko‘ra fitr sadaqasini ado etish farzdir.
7 iyun kuni Namangan shahrida yashovchi O.A. uyida oilaviy janjal oqibatida turmush o‘rtog‘i F.M. ismli ayolning oyoq, qo‘l va bo‘yin qismlariga qaychi bilan urib jarohat yetkazgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari Taxtako‘pir tumani Don qabul qilish maskanida mashg‘ulot olib borish jarayonini suratga olish vaqtida osmonda noma’lum uchar jism paydo bo‘lgan. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Qatar mazkur tashkilot a’zoligiga qabul qilinmasligini ma’lum qildi, deya xabar bermoqda "azon.uz".
Dunyo bo‘ylab ko‘plab nasroniy ayollar Ramazonda muslima ayollar bilan hamjihat ekanliklarining belgisi sifatida hijob kiyishni boshladilar, deya ma’lumot berdi "azon.uz".
O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov bilan ilk uchrashuv va suhbati haqida gapirdi, deb yozadi "darakchi.uz".
Coca-Cola kompaniyasi Yaponiya bozorlari uchun kam kaloriyali shaffof ichimlikni taqdim etdi. Bu haqda "Daryo" nashri xabar berdi.
Prezident Donald Tramp 6 iyun kuni Oq uyda ilk bor iftor dasturxonini yozib, musulmon ahlini Ramazon oyi bilan qutladi. Bu haqida “xs.uz” xabar berdi.
Qozog‘iston poytaxti Astana shahrida davom etayotgan “Prezident kubogi” musobaqasining navbatdagi kunida besh nafar bokschimiz ringga ko‘tarildi, deb xabar berdi "O‘zA".
2018 yil 10 yanvar kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Bo‘z tuman sudi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari va boshqa moddalar bilan aybli deb topilgan A.A. va boshqalarga oid jinoyat ishi yuzasidan hukm o‘qildi. Bu haqda Bo‘z tuman prokuraturasi «Xabar.uz»ga xabar berdi.
Buxoroda turmush o‘rtog‘ining o‘limidan tushkunlikka tushgan fuqaro va uning qarindoshlari marhumaga tibbiy yordam ko‘rsatish befoyda ekanligini bildirgan shifokorga tan jarohati yetkazdi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB matbuot xizmati «Daryo» ga xabar bermoqda.
Turkiyaning Bodrum shahrida O‘zbekiston fuqarosi osilgan holda topildi, deb yozadi «daryo.uz».