Bismillahir roxmanir roxiym!
Hech kim gunoh qilishdan to‘liq muhofazalangan emas – bu insoniyatning tabiatidir. Xamda, hadisda aytilishiga binoan, jannatiylar amaliga qarab emas, balki Allohning marhamatiga binoan jannatga tushishadi. Ammo bu, boqiy saodat yo‘lini qidirmaymiz, degani emas. Undan tashqari, shayton uchun, bizni to‘g‘ri yo‘ldan urishga qulaylik yaratuvchi, aqlimizga qo‘yayottgan tuzoqlari haqida ham bilishimiz kerak emas, degani xam emas. Gohida biz, xayollarimizning kuchini, hatti-harakatlarimizga ko‘rsatayotgan ta’siriga, yetarlicha baho bera olmaymiz. Hayollarimiz, aqlimizda chaqmoq kabi yonib, mantiq va aql bilan ish tutishimizga yo‘l qo‘ymay, shak-shubha uyg‘otib qo‘yadi. Shuning uchun, biz ularga o‘z vaqtida razm solib turishimiz, xamda, bu tuzoqlar, bizning tanlab olgan to‘g‘ri yo‘limizda yurishimizga xalaqit bermasligi uchun, ularni yaxshilab “tanib” olishimiz kerak.
1. “Bor yo‘g‘i”.
Bu usul, qilgan ayb ishining ahamiyatini yumshatish uchun bajariladigan usuldir, toki bu qilmishidan, inson o‘z vijdon azobida qiynalmasin. Ya’ni, o‘z gunohini boshqa tomondan, “bezarar” ekanligini ko‘rsatish uchun urinishdir. Bu usul shayton tomonidan, bir taqvodor zotga nisbatan qo‘llanilgan usuldir. U inson qirq yil mobaynida xilvatda, ibodat bilan mashg‘ul bo‘lib, oqibatda oxirgi qilgan ishi shaytonga sajda qilishi bilan tugagan. Avvaliga shayton u bilan do‘stlashib, ibodat qilib, ro‘za tutib, uning ishonchiga kirib olgan, so‘ng, unga maslahat solganki, bu maslahatiga binoan taqvodor zot boshqa odamlarni davolay boshlaydi. Keyin esa, shayton uning oldiga shifo topishi uchun bir qizni yetaklaydi, taqvodor inson bu qizning yoniga yaqin kelishdan bosh tortganida, shayton uning qulog‘iga shivirlaydi: “Sen bor yo‘g‘i dam solib qo‘yasan va darrov chiqib ketasan” deb. Ana shu “bor yo‘g‘i” degan so‘zdan boshlab, bu taqvodor insonning hayotida birinchi marta zino ishi yuz beradi, ketidan yolg‘on aralashadi, uni ketidan qizni va bolasini o‘ldirib, qotil bo‘ladi va nihoyat shaytonga sajda qilishi bilan ikki dunyosi barbod bo‘ladi. Bir hadisda aytilishicha: “Darhaqiqat, mo‘min inson o‘z gunohlaridan, huddi tog‘ tagida o‘tiribdiyu va bu tog‘ uning ustiga qulab tushadigandek qo‘rqadi. Betavfiq inson esa, o‘z gunohlariga, uning burni oldidan uchib o‘tgan, bir chivin kabi qaraydi”. Bu kabi o‘zini oqlash usulini, bir jinslik insonlarning munosabatlari misolida ko‘rishimiz mumkin: “Bu bor yo‘g‘i ikki insonning muhabbati”. Yoki birovning mulkini o‘g‘irlaganlar misolida: “Biz bor yo‘g‘i o‘z oilamizni to‘ydirmoqchi edik xolos” va hakazo.
2. “Oz-moz”, “bor yo‘g‘i bir marta”, “bir qultumgina”.
Bu holda shayton, “bir marta” ko‘p zarar keltirmasligini, keyin bu ishga boshqa qo‘l urmay, tavba qilishni vasvasa qiladi. Esdan chiqarmaslik muhimki – shayton-yolg‘onchi, uni faqat xozirgi vaqt qiziqtiradi, xamda, shayton insonni, ayni daqiqada, gunoh ish sodir qilishi uchun, o‘zining bor kuchini ishga soladi. “Ikkinchi marta” siga qulay fursat yetganida, u ortda qolmaydi, balki ishontirishga yangi bahonalar, dalillar topadi, vasvasa qiladi. Uni kelajak qiziqtirmaydi, xamda, gunoh ishni “bor yo‘g‘i bir marta” qilib, ikkinchi marta yana qilishni hohlamasligingizni qayoqdan oldingiz? Mabodo sizga bu ish yoqib qolsachi? U holda, sizda ikki yo‘l bor: yoki bu yo‘lda davom etish yoki o‘z hohish-istaklaringizni jilovlab yurib, qiynalish. Nahotki shu “bir marta” yoki “oz-moz” shuncha qiynalishingizga arzisa? Bu usul ayniqsa alkogolizmga o‘rgatilishda qo‘l keladi. “Bir qultumgina halaqit qilmaydi”, “ikkitagina qadaq hali hech kimni o‘ldirmagan” va shunga o‘xshash usullar. Rasullalloh sollallohu alayhi vasallam : “Ko‘pi mast qiluvchi narsaning ozi ham haromdir” deganlar. (Ahmad, Abu Dovud, At-Termiziy). Shuning uchun, barcha gunohlarni inobatga olib, undan ehtiyot bo‘lingki – ularning xar biri hayotingizdagi oxirgi qilgan amalingiz bo‘lishi mumkin.
3. “Hamma shunday qiladi”.
Insonning ko‘p ishida jamiyatga tobeligi bor. U uchun jamiyatning bir bo‘lagi bo‘lish va guruhning e’tirofiga sazovor bo‘lish ehtiyoji, ko‘pincha birgina aql-idrok, ongning ovozidan yuqori keladi. Huddi shunday bo‘ladi ham, inson o‘zi bilmagan holda, o‘zining zarariga, “chunki hamma shunday qiladi” deya, o‘z jamiyatiga ergashadi. Biroq, har bir insonga, ongli ravishda mulohaza qilish va mustaqil bo‘lish imkoniyati taqdim etilgandir. Shuning uchun, ko‘pchilikning didiga suyanmay, bizga tashqaridan singdirilayotgan stereotiplarga tanqidiy qarashda bo‘lishimiz, mutafakkirlik va axloqiy taqliddan yiroq bo‘lishimiz kerak. Qur’oni karimda ushbu ma’noda oyatlar bor: “Hech kim birovning og‘iri(gunohi)ni ko‘tara olmaydi, agar u kimdir uning og‘irini ko‘tarishga yordam berishini yolvorib so‘rasa ham, uning og‘iri yengillashtirilmaydi, hatto so‘rovchi uning yaqin qarindoshi bo‘lsa ham”.
“Xamma shunday qiladi” – bu faqatgina yolg‘on, sarob, aslida bu bilan gunoh yengillashmaydi va javobgarning bo‘ynidan javobgarligi olinmaydi. Albatta tushunarlikki, inson gunoh qilmay yashay olmaydi. Shunday bo‘lsada, bu kabi “aql nayranglari”ni bilish kerak. Chunki, sizning iqbolingiz garovi uchun xizmat qiladigan ishlaringiz, baxtingizga to‘sqinlik qiladigan ishlardan ko‘proq bo‘lishi kerak.