Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Konte “Real”ni boshqaradimi? Masalaga oydinlik kiritildi

A A A
Konte “Real”ni boshqaradimi? Masalaga oydinlik kiritildi

Xabaringiz bor, Zinedin Zidan ketganidan keyin “Real” bosh murabbiysiz qoldi. Ayni damda “qirollik klubi” bir qator murabbiylarga qiziqish bildirmoqda. Ayni vaqtga qadar Maurisio Pochettino, Massimiliano Allegri, Yoaxim Lyov va Yurgan Klopplar “Real”ni boshqarishni istashmadi.

Football Italia” nashrining yozishicha, ayni damda Madrid jamoasi oldida Antonio Konte varianti turibdi. Biroq, ma’lumotlarga ko‘ra, Konte “Real”ni boshqarmoqchi emas. Chunki u “Chelsi” bilan 2019 yilgacha shartnomasi borligini va bu bitimni hurmat qilishini bildirgan. Boshqa bir ma’lumotlarga ko‘ra esa, italiyalik mutaxassis “Chelsi” rahbariyati uni iste’foga chiqarishini va buning evaziga 10 mln yevrolik tovon pulini qo‘lga kiritishini kutmoqda. Shundan so‘nggina u “Real”ni boshqarishi mumkin.

Kiritildi: 12:17 08.06.2018. O'qildi: 2673 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!