Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Bektemir Meliqo‘ziyev raqibini nakautga uchratdi

A A A
Bektemir Meliqo‘ziyev raqibini nakautga uchratdi

Qozog‘iston poytaxti Astana shahrida davom etayotgan “Prezident kubogi” musobaqasining navbatdagi kunida besh nafar bokschimiz ringga ko‘tarildi, deb xabar berdi "O‘zA".

Hamyurtlarimiz ishtirokidagi beshta jangning uchtasida g‘alaba qo‘lga kiritilgan bo‘lsa, ikkitasida mag‘lubiyat qayd etildi.

Jumladan, -60 kg. vaznda jang o‘tkazgan Shunqor Abdurasulov filipinlik raqibi Suares Koronelga hech qanday imkoniyat qoldirmadi, yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi – 5:0.

-69 kg. vaznlilar o‘rtasida Mahmud G‘oipov xitoylik Maimaititu Yersunni bir ochko farqi bilan yengishga erishdi – 3:2.

Ayniqsa, Bektemir Meliqo‘ziyev (81 kg.)ning jangi ko‘pchilikda iliq taassurot qoldirdi. U hindistonlik Devanshu Jaivalni ikkinchi raunddayoq nokautga uchratib, o‘zining nimalarga qodir ekanligini yana bir karra isbotladi. 

Afsuski, ikki yetakchi bokschimizdan bu gal omad yuz o‘girdi. Jasurbek Latipov (52 kg.) mezbonlar vakili Anuar Muzapparovga 1-raundda texnik nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa, Ulug‘bek Mubinov (+91 kg.) rossiyalik Maksim Babaninga yirik hisobda yengildi – 0:5.

Bahslar bugun yana davom ettiriladi.

Kiritildi: 09:32 08.06.2018. O'qildi: 2046 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik