AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putinni go‘yoki Rossiyaning AQShdagi prezident saylovlariga aralashuviga shaxsan javobgar deb hisoblash mumkinligini aytdi
Lego kompaniyasi Jeyms Bondga tegishli avtomobilning aniq nusxasini yig‘di. Aston Matin DB5 konstruktori shaklida yig‘ilgan avtomobil 1956 yilda Goldfinger filmida namoyon bo‘lgan. Aynan shu mashinada filmning asosiy qahramoni Jeyms Bond harakatlangan, deb yozmoqda «Korrespondent.net».
Rossiyadagi Afg‘oniston elchisi Abdul Qayum Kuchay 1978 yilda Sobiq Ittifoq afg‘on hukumatini tan olgani va keyinroq Afg‘onistonga qarshi urush boshlagani katta xatolik bo‘lganini ta’kidladi.
Latviyada 16 iyul kuni poyezd relslar orasida uxlab yotgan ayolning ustidan o‘tib ketdi. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar berdi.
O‘zbekistonga kirish elektron vizasini olish uchun murojaat qilgan xorij fuqarolari soni 18 iyul holatiga ko‘ra 366 nafarni tashkil qilgan. KUN.UZ muxbiri Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov bergan ma’lumotlarga asoslanib, shu haqida xabar berdi.
Xalqaro Amnistiya tashkiloti xalqaro koalisiya Suriyada ISHIDga qarshi kurashi chog‘ida Raqqa shahrida terrorchi tashkilot bazalariga qarshi kurashida mahalliy aholini xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha yetarlicha chora ko‘rmaganini aytdi.
Germaniyaning “Plaza Hotelgroup GmbH” kompaniyasi yurtimiz iqtisodiyotiga mehmonxonalar tarmog‘i bo‘yicha xalqaro investisiyalarni kiritmoqchi. Mehmonxonalar tarmog‘ini qurish uchun “Best Western” xalqaro brendi ostida qurilish ishlari olib boriladi.
Keniyadagi Ambuseli milliy tabiat bog‘ida may oyining oxirida 38 yoshli Paru laqabli fil egizaklarni dunyoga keltirdi. Erkak va urg‘ochi filchalar bog‘dagi 40 ta fildan iborat oilaga qo‘shildi. Bu haqda «Zakon.kz» xabar berdi.
Eronning Haj va turizm tashkilot raisi Hamid Muhammadiyning so‘zlariga ko‘ra, bugun chorshanba kuni Eron hojilarining birinchi karvoni Saudiya Arabistoni yerlariga yetib boradi.
Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) Pekinda o‘tadigan 2022 yilga qishki Olimpiada dasturiga 6 ta yangi yo‘nalishni qo‘shishga qaror qildi.
18 iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respubublikasining shimoli-g‘arbiy tarafidan esgan kuchli shamol qumli bo‘ron ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi. Bu haqda UZ24 xabar bermoqda
Janubiy harbiy okrug harbiy polisiyasining yuz nafar xizmatchisi Suriyani tark etdi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
Missis World Russia milliy go‘zallik tanlovi finalchisi Kseniya Tulenkova-Mesger Rossiyaning Chelyabinsk viloyatidagi Magnitogorsk shahrida avtomobilni sotish vaqtida o‘ldirib ketildi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.
18 iyuldan Turkiyada hukumat tomonidan davlat to‘ntaruviga urinishdan keyin 2016 yil 20 iyulda kiritilgan favqulodda vaziyat tartibi amal qilishi to‘xtatildi.
...
Toshkent xalqaro aeroporti bojxonachilari Hindistonga otlangan yo‘lovchilarni bojxona nazoratidan o‘tkazish chog‘ida qonunbuzarlik holatini fosh etdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.
AKT vazirligi qoshidagi Jamoatchilik kengashi O‘zbekistondagi aloqa operatorlari hamda internet provayderlari bilan ularni qiynayotgan muammolar va yechimini kutayotgan masalalar yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.
17 iyul kuni O‘zbekiston Adliya vazirligida Merritz xalqaro yuridik kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Adliya vazirligining matbuot xizmati «Daryo»ga ma’lum qildi.
Tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali yengil avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi, deb yozadi «Gazeta.uz».
...
...
...
2018 yilning 17 iyul kuni Adliya vazirligida O‘zbekiston adliya vaziri Ruslanbek Davletov Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Szyan Yan xonim bilan uchrashdi. Bu haqda Adliya vazirligining matbuot xizmati «Daryo»ga ma’lum qildi.
Hindistonning Metric Ventures kompaniyasi ta’sischi-direktori Rashmi Ranjan bilan Buxoro viloyat hokimi O‘ktam Barnoyev o‘rtasida to‘rt yulduzli mehmonxona qurilishi masalasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xabar bermoqda.
O‘zbekiston Bank-moliya akademiyasi magistraturasiga qabul to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanali xabar bermoqda.
18 iyul kuni «O‘ztransgaz» aksiyadorlik jamiyatida «Xalq roziligi — davlat taraqqiyotining bosh omili» mavzusida Respublika konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «O‘ztransgaz» aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati «Daryo»ga ma’lum qildi.
...
...
Samarqand viloyati Past Darg‘om tumanidagi Parchachandir qishlog‘idagi 29-maktabda 30 yillik soppa-sog‘ chinorlar kesilib, buxorolik tadbirkorlarga pullab yuborilayotgani haqida xabar e’lon qilgan edik. Kun.uz muxbirlari vaziyatni voqea yuz bergan joyga borib o‘rgandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 noyabrdagi “O‘zbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 2018 yil 6 apreldagi “Xalqaro maqom san’ati anjumanini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida ayni kunlarda Shahrisabz shahrida mazkur anjumanga tayyorgarlik ishlari yuqori darajada olib borilmoqda.