Bugun 26 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

“ODAMLAR, MEN ERIM BILAN AJRASHAMA-AN!!!”

A A A
“ODAMLAR, MEN ERIM BILAN AJRASHAMA-AN!!!”

O‘zbekistonda 2 ming 300 kishidan ortiq alimentchiga nisbatan qidiruv e’lon qilindi…

Bu miqdor respublika parlamenti quyi palatasi deputatlari tarafidan e’lon qilingan.

— 2017 yili sudlarga jami 47, 4 ming, 2018 yil birinchi choragida 11, 8 ming nafar alimentchi ustidan shikoyat arizalari taqdim etilgan. O‘tgan yilning o‘zida sudlar jami 3, 7 ming nafar, yetim qolgan bolalariga aliment to‘lashdan qochib yurganlar ishini atroflicha ko‘rib chiqdi. Shu asnoda 180 ming nafar erkakning yetarli daromadga ega emasligi tufayli bolalariga aliment to‘lash imkoni yo‘qligi aniqlandi…

Deputatlarning fikricha, alimentchilar ko‘payishiga asosiy sabablardan biri shuki, mamlakatda oilalar buzilishi chuqur tahlil etilmayapti, er-xotin ajrashishining tub sabablari surishtirilmayapti.

Eslatib o‘tamiz, Sirdaryo viloyati o‘tgan yil natijalariga ko‘ra, oilalar buzilib ketishi bo‘yicha yetakchi hisoblanadi.

2017 yili viloyatda 1095 ta ajrashish hodisasi ro‘yxatga olingan. Bu 2016 yilga nisbatan 21 foiz ko‘pchilikni tashkil etgan. Umuman, 2012-2016 yillar oralig‘ida respublika bo‘yicha ajrashishlar soni 58 foizni tashkil etgan bo‘lsa, Sirdaryo viloyatida bu miqdor 83 foizga teng bo‘lgan.

Kiritildi: 22:29 18.07.2018. O'qildi: 2719 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik