Bugun 30 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Eron hojilarining birinchi karvoni bugun Saudiyaga yetib boradi

A A A
Eron hojilarining birinchi karvoni bugun Saudiyaga yetib boradi

Eronning Haj va turizm tashkilot raisi Hamid Muhammadiyning so‘zlariga ko‘ra, bugun chorshanba kuni Eron hojilarining birinchi karvoni Saudiya Arabistoni yerlariga yetib boradi.

Muhammadiy Eron televidiniyesida bergan rasmiy bayonotida bu yil 86 ming eronlik haj ibodatini amalga oshirishini aytgan.

U yana bugun chorshanba kuni birinchi hojilar karvoni Tehrondagi Imom Humayniy aeroportidan muqaddas zamin sari uchib ketishlarini aytib o‘tgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron va Saudiyaning havo yo‘llari bo‘yicha ikki shirkat, 310 ta parvozni tashkillashtirishiga ahamiyat qaratgan.

Tashkilot raisi har bir hoji Milliy bankdan faqatgina 200 dollar olishi mumkinligini ta’kidlagan.

Eronda dollarni faqat banklarda va maxsus sarroflik idoralaridagina almashtirish mumkin.

Muhammadiy hojilar Eronga 26 avgustdan qaytishni boshlashlarini va bu 15 sentyabrga qadar davom etishini aytdi.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 05:46 19.07.2018. O'qildi: 1238 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik