Qarorga muvofiq joriy o‘quv yili uchun 10 ta mutaxassislikka jami 200 nafar tinglovchi qabul qilinadi.
Qabul kvotalarining 65 tasi davlat granti asosida, 135 tasi esa to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinishi belgilab berildi.
Eng ko‘p tinglovchi «Tijorat banklarini boshqarish» mutaxassisligiga (45 ta) qabul qilinsa, «Sug‘urta kompaniyalarini boshqarish» mutaxassisligiga faqat to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.
Akademiya magistraturasiga iqtisod sohasida bakalavr darajasiga ega bo‘lgan, yoshi 35 dan oshmagan nomzodlar vazirliklar va boshqa tashkilotlar rahbarlarining yo‘llanmalari asosida qabul qilinadi.
Manba: daryo.uz