Bugun 25 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Yangiliklar

60 yoshga to‘lib, 2 marotaba jirkanch ishlari uchun sudlangan ayol takror jinoyatga qo‘l urdi

60 yoshga to‘lib, 2 marotaba jirkanch ishlari uchun sudlangan ayol takror jinoyatga qo‘l urdi

Jizzax shaxrida yashovchi R.R. muqaddam g‘arazli va boshqa past niyatlarda fohishaxona tashkil etganligi uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudining 09.07.2004 yildagi hukmiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi 2-qismining “a”bandi bilan sudlanib jazo olgan bo‘lsada, takroran fohishaxona tashkil etganligi uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudining 12.01.2018 yildagi hukmiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi 1-qismi sudlanib, jazo tayinlandi.

Kiritildi: 21:30 30.07.2018. O'qildi: 2383 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

AQSh va “Tolibon” vakillari Afg‘onistonda o‘t ochishni to‘xtatishni muhokama qildi

AQSh va “Tolibon” harakati vakillari o‘rtasida Afg‘onistonda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda Reuters.

Kiritildi: 21:16 30.07.2018. O'qildi: 1305 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Halollik ­– jinoyatchilik kushandasi

Jamiyat uchun xavfli xatti-harakatga “jinoyatchilik” deb ataladi. Demak, jamiyatning jinoyatchilikka qarshi kurashishining sababi ­– o‘zini xavf-xatardan himoya qilish ekan.

Kiritildi: 21:00 30.07.2018. O'qildi: 1847 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Farg‘onada soxta milisioner ayol qo‘lga olindi

Farg‘ona viloyat IIB xavfsizlik bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida Rishton tumanida soxta milisioner ayol qo‘lga olindi. Bu haqda «Daryo» muxbiri Azizjon Ermatov xabar berdi.

Kiritildi: 20:50 30.07.2018. O'qildi: 2362 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Qirg‘izistonda bir guruh sayyohlar tosh ko‘chkisi ostida qoldi

Bir guruh sayyohlar Qirg‘izistondagi tog‘da tosh ko‘chkisi ostida qolishdi, bir kishi halok bo‘ldi, jabrlanganlar bor, deb xabar qildi RIA Novosti Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati rahbari Aybek Smadiyarovga tayanib.

Kiritildi: 20:45 30.07.2018. O'qildi: 1275 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Ziyodaning “Mazza-mazza” qo‘shig‘idan maza topilmadi

Avvalroq, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi qoshidagi qo‘shiqlar va ularga ishlangan videokliplar saviyasini baholash Badiiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgani va unda 8 nafar xonandalar taqdim etgan videokliplar ko‘rib chiqilgani haqida xabar bergan edik.

Kiritildi: 20:35 30.07.2018. O'qildi: 2270 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Qizlariga tahdid qilgan otaning o‘zi fojiali o‘lim topdi

Bugun, 30 iyul kuni Moskva shahrining Altufyev ko‘chasidagi xonadonlardan birida fojia sodir bo‘ldi. Natijada bir kishi halok bo‘lgan.

Kiritildi: 20:15 30.07.2018. O'qildi: 1660 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Samarqandda mahalla raisi qotillikka qo‘l urdi

Samarqand viloyatidagi Darg‘om kanalidan erkak kishining jasadi topildi. Fuqaroning cho‘kish yoki baxtsiz hodisa qurboni bo‘lmagani uning tanasidagi jarohat izlaridan ma’lum edi, deb yozmoqda O‘zA.

Kiritildi: 20:00 30.07.2018. O'qildi: 1810 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Vebster universiteti O‘zbekistonda ta’lim dasturlarini amalga oshirishni boshlaydi

O‘zbekiston Prezidentining 2017 yil sentyabr oyida Nyu-York shahriga tashrifi yakunlariga ko‘ra erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida Sent-Luis shahrida (Missuri shtati) Vebster universiteti rahbariyati bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazildi.

Kiritildi: 19:48 30.07.2018. O'qildi: 1328 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Dam olish maskanidagi janjal sabab bir kishi pichoqlandi

17 iyul kuni Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida jinoyat yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Kiritildi: 19:37 30.07.2018. O'qildi: 1343 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

“O‘zbekkonsert” Gulsanam Mamazoitovani ogohlikka chaqirdi

Bugun, 30 iyul kuni “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi qoshidagi qo‘shiqlar va ularga ishlangan video kliplar saviyasini baholash Badiiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Kiritildi: 19:26 30.07.2018. O'qildi: 2072 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

O‘g‘il onasini muttasil xo‘rlab kelgan otasini pichoqlab o‘ldirdi

Jizzax viloyatining Do‘stlik tumani, Bunyodkor QFYda yashovchi K.Tolibov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) 12 yildan buyon onasi N.Sharipova bilan birga yashamayotgan otasi Zafarobod tumani, Uzun QFY, Turkiston ko‘chasida yashovchi O.Sharipovning muttasil ravishda onasini xo‘rlab, uni sha’ni va qadr-qimmatini kamsitib kelayotganligidan nafratlanib, otasini qasddan o‘ldirish maqsadida 2018 yilning 16 iyun kuni Paxtakor tumani markaziy dehqon bozoridan pichoqcha sotib oladi.

Kiritildi: 19:14 30.07.2018. O'qildi: 1689 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Ko‘chmas mulk buzilganda zararlarni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi jamg‘arma qoplaydi

Prezidentning 27.07.2018 yildagi Farmoni bilan davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolarga va biznesga yetkazilgan zararlarni qoplashning yangi mexanizmi ma’qullandi. O‘zAda shu haqda xabar berilgan.

Kiritildi: 18:45 30.07.2018. O'qildi: 1609 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

O‘zini Munisa Rizayeva deb tanishtirgan erkak tungi barlarda qo‘shiq kuylamoqda (video)

Qandaydir erkak o‘zini Munisa Rizayeva deb tanishtirib, unga o‘xshab kiyinib, tungi barlarda qo‘shiq kuylamoqda.

Kiritildi: 18:41 30.07.2018. O'qildi: 3209 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

O‘zbekistonlik talabalar o‘zini o‘zi boshqaradigan avtomobil yaratmoqda

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalari tomonidan o‘zini-o‘zi boshqaradigan avtomobil yaratilmoqda.

Kiritildi: 18:35 30.07.2018. O'qildi: 1632 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Urgut sha’niga isnod: mahalla raisi ayol kishini deb qotillikka qo‘l urdi

Samarqand viloyatidagi Darg‘om kanalidan erkak kishining jasadi topildi. Fuqaroning cho‘kish yoki baxtsiz hodisa qurboni bo‘lmagani uning tanasidagi jarohat izlaridan ma’lum edi.

Kiritildi: 18:08 30.07.2018. O'qildi: 3369 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

NASA Marsda yashash uchun turar joy ishlab chiqish tanlovining beshta finalchisini aniqladi (Video)

NASA Marsda astronavtlar uchun turar joy ishlab chiqish tanlovining beshta finalchisini aniqladi, deya ta’kidladi RIA Novosti nashri.

Kiritildi: 18:02 30.07.2018. O'qildi: 1810 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Priyanka Chopra nega o‘zidan 11 yosh kichik yigitga turmushga chiqmoqda? (foto)

Hind aktrisasi Priyanka Chopra amerikalik qo‘shiqchi Nika Jonasaga turmushga chiqmoqda, deb xabar berdi "joinfo" nashri.

Kiritildi: 18:00 30.07.2018. O'qildi: 3824 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Rasman: Toma Lemar «Atletiko Madrid» futbolchisi!

Madridning «Atletiko» jamoasi Fransiyaning «Monako» klubidan sotib olingan yarim himoyachi Toma Lemarni rasman ommaga tanishtirdi.

Kiritildi: 17:45 30.07.2018. O'qildi: 1615 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

"O‘zavtosanoat" raisi: "Xalq noroziligini o‘zimga bildirilgan qattiq e’tiroz deb bilaman"

"O‘zavtosanoat" AJ boshqaruvi raisi Shavkat Umurzoqov Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida narx-navoning nima sababdan oshganligi, qachon avtomobil narxlarining pasayishi va tizimdagi boshqa holatlar yuzasidan ma’lumot berdi.

Kiritildi: 17:42 30.07.2018. O'qildi: 1398 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Toshkentdagi ba’zi ko‘chalarda transport harakati 15 avgustgacha cheklanadi

“Vaqtinchalik noqulayliklar uchun hamshaharlarimizdan uzr so‘raymiz!” - deyiladi shahar hokimligi saytida.

Kiritildi: 17:37 30.07.2018. O'qildi: 1968 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Ana vahshiylik! 5 kishidan iborat oila kasalmand qizni qamab, onasining xokini yeyishga majbur qilishdi

26 iyul kuni Luiziana shtati Yangi Orlean federal sudi Amit shahrida istiqomat qiluvchi 5 kishidan iborat oilani o‘z uyida, aniqrog‘i esa uyidagi katakda autizm xastaligiga chalingan 22 yoshli qizni ham jismonan, ham ma’nan azoblagani uchun jinoiy javobgarlikka tortdi.

Kiritildi: 17:34 30.07.2018. O'qildi: 2494 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Kayfi qayda-yu, foydasi qayda?

Ushbu holat yuzasidan tergov oldi tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 16:40 30.07.2018. O'qildi: 1875 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Qashqadaryoda 11 nafar loqayd rahbar ishdan bo‘shatildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga muvofiq, Respublika Bosh prokurori va Ichki ishlar vazirining qo‘shma farmoyishiga asosan Ichki ishlar vaziri, general-mayor Po‘lat Bobojonov rahbarligidagi Ishchi guruh joriy yilning 23-26 iyul kunlari Qashqadaryo viloyatida ichki ishlar organlari oldiga qo‘yilgan vazifalar ijrosi ahvoli bilan yaqindan tanishdi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Kiritildi: 16:38 30.07.2018. O'qildi: 1440 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Tramp “arab NATOsi”ni tuzmoqchi

AQSh prezidenti Donald Tramp Fors ko‘rfazidagi olti davlat hamda Misr va Iordaniyadan iborat “arab NATOsi”ni tuzishga urinmoqda, deya xabar tarqatdi Reuters.

Kiritildi: 16:34 30.07.2018. O'qildi: 1317 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Seul shahri meri nochor mahallalardan birida hayot kechirmoqda

Seul shahri meri Park Von Sun yozning jazirama issig‘ida Seulning nochor mahallalaridan biridagi kichikkina xonadonda istiqomat qilyapti. Bu haqida KoreaTimes nashri xabar berdi.

Kiritildi: 16:32 30.07.2018. O'qildi: 1562 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Nima uchun Islom bilim yurtlarida grant asosida o‘qishning imkoni yo‘q?

Hozirgi vaqtda O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufida 9 ta o‘rta maxsus Islom bilim yurti va 2 ta oliy diniy ta’lim muassasasi mavjud.

Kiritildi: 16:28 30.07.2018. O'qildi: 6803 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Erkak nega uyining derazasidan polisiyachilarni o‘qqa tutdi?

Irkutsk shahrida istiqomat qiluvchi erkak uyining derazasidan turib polisiya xodimlarini o‘qqa tutdi, deya xabar berdi “Interfaks”.

Kiritildi: 16:12 30.07.2018. O'qildi: 1235 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

O‘zbekistonda narxlarning oshishiga nima sabab bo‘lgani ma’lum qilindi

Markaziy bank 2018 yil II choragi yakuni bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazdi. Unda jami 437 ta korxona va tashkilotlar ishtirok etdi.

Kiritildi: 16:06 30.07.2018. O'qildi: 2119 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

"O‘zavtosanoat"ning avvalgi rahbarlari qancha maosh olgan?

“O‘zavtosanoat” rahbarlari shu vaqtgacha 7 mln so‘mgacha oylik olgan. Bu haqda Xalqaro Press-klubning navbatdagi sessiyasida AJ boshqaruvi raisi Shavkat Umurzoqov ma’lum qildi. 

Kiritildi: 16:04 30.07.2018. O'qildi: 1760 marta. Fikrlar soni: 0 ta.