Madridning «Real» klubi «Lester» hamda Angliya terma jamoasi markaziy himoyachisi Harri Maguayrni o‘z safiga qo‘shib olish uchun harakatlarni boshladi, deb xabar beradi FootballHD.
Joriy yilning may oyida Samarqand shahridagi 4-sonli tug‘uriq majmuasida antiqa holat qayd etilgan. 23 may kuni tug‘uriqqa kelgan 1993 yilda tug‘ilgan Go‘zal Hakimova farzandli bo‘ladi. Shifokorlar ayolning yaqinlariga tug‘ilgan farzandi qiz ekanlini bildiradi, deb xabar bermoqda «Daryo» muxbiri Farhod Norbo‘tayev.
Saudiya Arabistoni haj ibodatini amalga oshirish uchun keladigan ziyoratchilarga qulaylik tug‘dirish maqsadida “Makka yo‘li” loyihasini amalga oshirmoqda.
Isroil harbiylari Yevropadan G‘azoga yordam olib ketayotgan kema O‘rta Yer dengizida to‘xtatib qolinganini tasdiqladi, deya xabar bermoqda RIA Novosti.
Farg‘ona viloyatining Quvasoy tumanida shu yil 25 iyul kuni noma’lum shaxs “Isfayramsoy” MFY Ibrat ko‘chasiga o‘rnatilgan “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari” korxonasiga tegishli umumiy qiymati 18 mln so‘mdan ziyod narxdagi “KTPM” rusumli transformatorini o‘g‘irlab ketgan.
Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatida Milliy gvardiya askari qo‘lida granata portlab ketdi. Jabrlanuvchi viloyat tibbiyot markazi jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Samarqand shahridagi "Saxovat" keksalar va nogironlar uchun internat uyida bugungi kunda 131 nafar keksa va nogironligi bo‘lgan kishilar yashab kelmoqda.
“Keyingi yillarda olingan ayrim kinolarning boshlanishi bilan uning qanday yakun topishi, hatto, qahramonlarining qanday xatti-harakat qilishi-yu hayot yo‘llari, umuman, asar syujetini oldindan taxmin qilib bilib olish mumkin”.
Eng yaqin qarindoshlar, kichik jamoa, kelin-kuyovning oila a’zolari ishtirokida Toshkent shahri Olmazor tumanidagi “Tarona” to‘yxonasida o‘tgan Ubaydullabek va Munojotxonlarning visol oqshomiga 100 ta mehmon tashrif buyurdi.
“Atletiko” ustozi Diyego Simeone odatiy savol — “Ronaldu kuchlimi yoki Messi?” so‘roviga javob qaytardi.
BMT Yamanning Xodayda shahridagi infratuzilma ob’ektlariga bomba tashlanishi vabo epidemiyasiga sabab bo‘lishidan ogohlantirmoqda.
Lulu Hashimoto — «odam qo‘g‘irchoq» deb ataluvchi yaponiyalik model va internet yulduzi.
28 iyul kuni Navoiy viloyatining Nurota tumanida yuz bergan oilaviy mojaro fojiali yakunlandi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
AQSh prezidenti Donald Tramp demokratlar "chegara xavfsizligi uchun" ovoz bermaydigan bo‘lsa, hukumat ishini to‘xtatish bilan tahdid qilmoqda. Xavfsizlik Meksika va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasida devor qurilishini o‘z ichiga oladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
AQShning Kaliforniya shtati shimoliga yoyilgan yong‘in 70 yoshli ayol va uning ikki nafar chevarasining ham umriga zavol bo‘ldi.
Tojikistonda yengil avtomobilning velosipedchilar guruhini urib ketishi oqibatida to‘rt nafar xorijlik sayyoh halok bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti mahalliy hukumatga asoslanib xabar bermoqda.
Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Trampning tvitterda ma’lum qilishicha, ommaviy axborot vositalariga bo‘lgan ishonch har qachongidan ham juda past darajada.
"Real" Braziliya termasi va "Chelsi" klubi yarimhimoyachisi Villian uchun kurashga qo‘shildi, deya xabar beradi Daily Mail.
Moskva shimoli-sharqida uch nafar qiz shaxsiy adovat sababli otasini so‘yib tashladi. Ularga nisbatan ayblov e’lon qilingan. Bu haqda Rossiya Tergov boshqarmasining Moskva tergov qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi, deb yozadi «RIA Novosti».
O‘qishning birinchi kuni o‘zgarishsiz qoldi. Ta’lim maskanlarida o‘qish har an’anaviy tarzda - 2 sentyabrda boshlanadi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri vazirlik matbuot-xizmatiga tayangan holda.
“Mersedes” jamosi poygachisi Lyuis Hemilton “Formula-1” poygasining 12-bosqichi – Vengriya Gran-prisi g‘olibi bo‘ldi.
Toshkent shahar IIBB tungi vaqtlarda fuqarolarning oromini buzayotgan baykerlarga murojaat yo‘lladi.
Massachusets-Louell universiteti olimlari to‘yinmagan Omega-3 yog‘ kislotalarini muntazam iste’mol qilish stress va tajovuzkorlik darajasini pasaytirishini aniqladi, deb yozadi «RIA Novosti».
Vashington shahrida bo‘lib o‘tgan diniy erkinliklarni ilgari surish bo‘yicha vazirlar konferensiyasiga taklif etilgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegasiya 2018-yilning 27-iyul kuni AQShning xalqaro diniy erkinlik sohasidagi maxsus topshiriqlar bo‘yicha Elchisi Samuel Deyl Braunbek bilan uchrashdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda.
NASA Marsning birinchi mustamlakachilari uchun turar-joy ishlab chiqish bo‘yicha tanlov g‘oliblarini aniqladi. Bu haqda kosmik agentlik saytida ma’lum qilindi, deb yozadi «Korrespondent.net».
Tojikiston milliy aviakompaniyasi tarixda birinchi bor Buxoroga parvoz qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Yoxannesburgda BRIKS sammiti davomida blokka kiruvchi davlat yetakchilaridan Turkiyaga BRIKSga qo‘shilishga ijozat berishni so‘ragan. Bu haqda Hurriyet Daily News nashri ma’lum qildi.
Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yelkamdan ushlab, «Bu dunyoda xuddi g‘arib yo bir yo‘lovchidek bo‘lgin!» dedilar».
Afina yaqinida yuz bergan o‘rmon yong‘inlari qurbonlari soni 91 kishiga yetdi. Bu haqida yakshanba kuni Gresiya yong‘in mudofaasi vakili Stavrula Malliri ma’lum qildi, deb xabar bermoqda TASS. Avvalroq 88 kishining halok bo‘lgani aytilgandi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Nasr ijodiy kengashida yozuvchi Abdujalol Rahimning “Abu Ali ibn Sino” romani birinchi kitobining muhokamasi bo‘lib o‘tdi.