«Real»da ayni damda eng muhim masala Ronalduning o‘rnini egallay oladigan futbolchi topish bo‘lib turibdi.
Rossiyaning Nijniy Novgorod shahrida «Argumenti i fakti» muxbiri Sergey Grachev o‘lik holda topildi. Bu haqda shahar qidiruv-qutqaruv guruhi ma’lumotiga tayanib, Meduza xabar bermoqda.
Eng yirik aloqa operatori “Beeline” “Beepul” to‘lov tizimida noyob bonuslarning amal qilish muddati uzaytirilgani haqida xabar berdi.
Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida 31 iyul kuni Jizzax viloyatida yashovchi M.E. boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli yuk avtomashinasini “Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon-Andijon-O‘sh” yo‘lining 137-km.da haydab ketayotib, yo‘lning o‘rta qismidan ortga qayrilayotgan vaqtida, orqasidan harakatlanib kelayotgan I.YU. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinasi unga urilishi natijasida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.
2008 yilda Indoneziyadagi Kalibiru qishlog‘i aholisi tog‘ning baland qoyasida ziplayn – po‘lat kanat bo‘ylab tog‘dan ekstremal tushishni sayyohlarni jalb etish uchun qurishdi. Biroq odamlar u yerga adrenalin emas, Instagram’ga ideal surat olish uchun kelishardi.
Janubiy Koreyaning yirik sanoat korxonalaridan biri hisoblangan “Dong-A Electric Device” kompaniyasi rahbariyati O‘zbekistonda avtomatik o‘chirgichlar (maxsus texnika vositalarini avtomatik tarzda tokdan, energiya manbaidan ajratish qurilmasi) ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish niyatida. Bu haqda “Xalq so‘zi”ga “O‘zeltexsanoat” axborot xizmati ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, voqea 16-iyul kuni soat taxminan 15:30 larda Kyongnam viloyati Haman tumanida sodir bo‘lgan. Janubiy Koreya universitetlaridan birida magistraturada tahsil olishi aytilgan o‘zbekistonlik talabaning yoshi 23 da bo‘lib, yozgi ta’til vaqtida suv quvurlari o‘rnatish bilan shug‘ullanuvchi korxonada ishlayotgan bo‘lgan.
Aeromexico aviakompaniyaga qarashli Embraer 190 samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.
Hademay AQShning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Pamela Spratlen mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlaydi. Diyorimizda o‘tgan uch yarim yillik faoliyati davomida Spratlen xonim ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar rivojida alohida faollik ko‘rsatdi.
Sarvar kunni mahallani aylanib chiqish bilan boshlaydi. Asosan, chet eldan qaytgan mehnat muhojirlari bilan muloqotda bo‘ladi.
31 iyul kuni Nyu-Yorkda AQShning yuqori martabali mulozimlari ishtirokida Milliy kiberxavfsizlik sammiti o‘tkazildi.
Samarqand viloyatini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamg‘armasiga 50 million dollar ajratilmoqda. Bu haqda «Zarafshon» xabar bermoqda.
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov OTMlarga kirish imtihonlarining birinchi kuni «O‘zekspomarkaz» milliy ko‘rgazmalar majmuasiga tashrif buyurdi. Bu haqda «Xalq so‘zi»xabar qildi.
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 2 avgust kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 20-22, kunduzi 34-36 daraja issiq bo‘ladi.
Bugun OTMda o‘qish uchun test topshirish jarayoni boshlandi. Abituriyentlar imtihon topshirishdi. Ota-onalar farzandlarini xayajon bilan ekranlar orqali kuzatishdi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ijodkor ziyolilar bilan bo‘lgan uchrashuviga ham bir yil bo‘ldi. Undagi bir holat sira yodimdan chiqmaydi...
Xonanda Nilufar Usmonova bugun beshinchi bor ona bo‘ldi.
Samarqand shahridagi 4-sonli tug‘uriq majmuasida 23 may kuni ko‘zi yorigan 1993 yilda tug‘ilgan Go‘zal Hakimovaning farzandi qiz tug‘ilib, keyinchalik o‘g‘il farzandli bo‘lib qolganligi to‘g‘risida xabar bergan edik.
O‘zbekiston tarixida birinchi marta OTMlarga kirish imtihonlarini televizor orqali onlayn tomosha qilish mumkin.
Eksportga chiqariluvchi asosiy xom-ashyo mahsulotlari narxining pasayishi, shuningdek, xalqaro savdo munosabatlaridagi tanglik O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun xavf tug‘diradi. Bu haqda Xalqaro valyuta jamg‘armasining (XVJ) bayonotida aytilgan.
Respublika Markaziy bankining pul-kredit siyosati bo‘yicha sharhiga ko‘ra, o‘zbekistonliklarning chet eldagi daromadlaridan kelib tushgan to‘lovlar hajmi 2018 yilning birinchi yarmida 2,3 mlrd dollarni tashkil qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi respublika bo‘yicha uyushgan savdo majmualari hamda dehqon bozorlaridagi ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining o‘rtacha narxlari to‘g‘risidagi ma’lumotni e’lon qildi.
2018 yil 1 avgustdan boshlab jismoniy va yuridik shaxslarga tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali yengil avtotransport vositalaridan pulli asosda foydalanishga ruxsat berish to‘g‘risidagi norma kuchga kirdi.
Toshkent shahrida avval berkitilgan Fidokor ko‘chasining Oybek ko‘chasiga chiqish qismi transport vositalari harakati uchun ochildi.
Afg‘onistonning Jalolobod shahrida qurollangan shaxslarning hukumat binosiga hujumi natijasida 15 kishi halok bo‘ldi, yana 15 kishi yaralandi. Hujum chog‘ida xudkush o‘zini portlatib yubordi, deb yozadi «Kommersant’».
Iqtisodchi va ekspert Yuliy Yusupov Facebook’dagi sahifasida O‘zbekistonda GM Uzbekistan avtomobillarining narxi oshishi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Adliya vazirligi Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar toifalari ro‘yxati va Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy va vaqtincha propiska qilish to‘g‘risidagi nizomga tuzatish kiritishni taklif etmoqda.
2018 yil 1 avgustdan ayrim soha vakillarining ish haqlari oshiriladi, deb xabar qildi telegramdagi huquqiy-axborot kanali.
Test sinovlari materiallari Feldegerlik xizmati, «O‘zbekiston havo yo‘llari» aviakompaniyasi, Ichki ishlar vazirligi va boshqa vakolatli organlar tomonidan, ularning maxfiyligi va daxlsizligini ta’minlagan holda 31 iyul kuni respublikaning barcha hududlariga yetkazildi. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov Facebook’dagi sahifasida xabar berdi.
Assalomu alaykum. Plastik kartadagi pullarimizni bankomatlar orqali naqdlashtirib olsak bo‘ladimi?