Bugun 19 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Tramp “arab NATOsi”ni tuzmoqchi

A A A
Tramp “arab NATOsi”ni tuzmoqchi

AQSh prezidenti Donald Tramp Fors ko‘rfazidagi olti davlat hamda Misr va Iordaniyadan iborat “arab NATOsi”ni tuzishga urinmoqda, deya xabar tarqatdi Reuters.

"Azon" nashrining xabar berishicha, yangi tashkilot unga a’zo davlatlar o‘rtasida harbiy, iqtisodiy va siyosiy hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.

MESA (Middle East Strategic Alliance) – Yaqin Sharq Strategik Alyansi deb ataluvchi tashkilot loyihasi 12-13 oktyabr kunlari Vashingtonda bo‘lib o‘tadigan sammitda muhokama qilinishi kutilmoqda.  

Xabarda aytilishicha, Oq uy MESAning “Eronning tajovuzkorligi va terrorchilikka qarshi kurashishidan, Yaqin Sharqqa barqarorlik olib kelishidan” umid qilmoqda.

Kiritildi: 16:34 30.07.2018. O'qildi: 1302 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik