Bugun 27 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Yangiliklar

Osiyo o‘yinlari. Isroil Madrimov navbatdagi jangida ham g‘alaba qozondi

Osiyo o‘yinlari. Isroil Madrimov navbatdagi jangida ham g‘alaba qozondi

Osiyo o‘yinlari musobaqasining o‘n birinchi kunida o‘zbekistonlik taniqli bokschi Isroil Madrimov navbatdagi jangini o‘tkazdi. 

Kiritildi: 20:12 29.08.2018. O'qildi: 1947 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Endi fuqaro katta miqdorda pul o‘tkazmalarini jo‘natsa yoki olsa, operasiya shubhali deb topiladi

Pochta aloqasi operatorlari, provayderlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalari Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Kiritildi: 20:04 29.08.2018. O'qildi: 1636 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

3D-printerda ko‘zi ojizlarga ko‘rish imkonini berishi mumkin bo‘lgan sun’iy ko‘z bosildi

AQShning Minnesota universiteti olimlari 3D-printerda ko‘zi umuman ko‘rmaydigan odamlarga ko‘rish imkonini berishi mumkin bo‘lgan bionik ko‘zni bosib chiqarishdi. Implantni yaratish uchun bir soatga yaqin vaqt ketgan.

Kiritildi: 20:01 29.08.2018. O'qildi: 1504 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Toshkentlik firibgar yolg‘on xabariga IIBBni ishontirish uchun o‘zini o‘zi jarohatladi

27 avgust kuni fuqarolardan biri 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, bosqinchilik oqibatida uning yonida bo‘lgan 58 million so‘m puli o‘g‘irlab ketilganligi haqida xabar beradi.

Kiritildi: 19:59 29.08.2018. O'qildi: 1504 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Qanoat va halollik

Abu Ja’far Mansur (abbosiy xalifalardan) xalifalikka saylanganda elchilar, turli mansab kishilari unga salomlarni yetkazgani va xalifalikka saylangani bilan tabriklagani kela boshlashdi.

Kiritildi: 19:51 29.08.2018. O'qildi: 2294 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Mirziyoyev: "Dehqon dalaga kirdimi, daromad topishi zarur"

Prezident Shavkat Mirziyoyev Bekobod tumanidagi “Yusupov G‘ofurjon fayz” fermer xo‘jaligi dalasida bo‘lib, paxta rivojini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Kiritildi: 19:47 29.08.2018. O'qildi: 1406 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Moskvadan Toshkentga: nima uchun Afg‘oniston bo‘yicha muzokaralar manzili o‘zgartirildi?

Afg‘oniston markaziy hukumati va “Tolibon” harakati vakillari o‘rtasida ushbu davlatda vaziyatni tartibga solish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan konferensiya sanasi noma’lum muddatga qoldirildi.

Kiritildi: 19:44 29.08.2018. O'qildi: 1667 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Buxoroda mahalladoshining tilla taqinchoqlarni o‘g‘irlagan ayol qo‘lga olindi

Buxoro shahar IIBga Gazli shoh ko‘chasida yashovchi 1964 yilda tug‘ilgan M.A ariza orqali murojaat qildi, deb xabar beradi viloyat IIB matbuot xizmati.

Kiritildi: 19:41 29.08.2018. O'qildi: 1411 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Jahongir Ortiqxo‘jayev: «O‘zbekistondagi bankka 10 ming dollar qo‘yadigan xorijlik investorni quchoq ochib kutib olaman»

Xalqaro Press klubning navbatdagi sessiyasida Toshkent shahriga investorlarni jalb qilish masalasi va prezidentning 15 avgust kuni qabul qilingan «Toshkent shahrida investisiya muhitini yaxshilash bo‘yicha eksperimentni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni muhokama etildi.

Kiritildi: 19:39 29.08.2018. O'qildi: 1843 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Olmaotadan O‘zbekistonga tilanchilik bilan shug‘ullangan ikki farzandli ayol deportasiya qilinadi

Olmaota tumani polisiyachilari tilanchilik bilan shug‘ullangan 28 yoshli ayolni qo‘lga olishdi.

Kiritildi: 19:37 29.08.2018. O'qildi: 1496 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Bojxonachilar “yashil” yo‘lak orqali ov quroli gilzalarini olib kirishga bo‘lgan urinishni fosh qilishdi

“Samarqand aeroporti” chegara bojxona posti xodimlari qurol-yarog‘ va o‘q-dorilarning bojxona chegarasi orqali noqonuniy ravishda olib o‘tilishiga doir navbatdagi bojxona qoidabuzarligini fosh etishdi.

Kiritildi: 19:33 29.08.2018. O'qildi: 1587 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Ichki ishlar organlari xodimlari qanday holatlarda avtomobilingizdan majburiy tartibda foydalanishi mumkin?

Ichki ishlar organlari xodimlari quyidagi holatlarda sizning avtomobilingizdan majburiy tartibda foydalanishi mumkin:

Kiritildi: 19:26 29.08.2018. O'qildi: 1902 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Asian Games. Bu sport turi bo‘yicha O‘zbekiston ilk bora medal yutdi

O‘zbekiston sport delegasiyasi hisobiga yengil atletikadan kumush medal qo‘shildi.

Kiritildi: 19:25 29.08.2018. O'qildi: 1530 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

«Sulton nazdimda mushukka aylanib qoldi!»

Hayit kuni sulton katta tantana bilan o‘tib qoldi. Yo‘lning ikki tarafida mirshablar saf tortishgan, a’yonlar sultonni qurshab olishgan va amirlar uning qarshisida yer o‘pishardi.

Kiritildi: 19:16 29.08.2018. O'qildi: 1610 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Bari yomon: miyamizda qo‘rqinchli tasvirlar chizishga qanday chek qo‘yish mumkin?

Tunda karavotda yotib, uyquni topolmaysiz. Miyangizda hodisalarning yomon ssenariysi aylanaveradi. Shu sabab sizni muvaffaqiyatsizlik kutmoqda, deya qo‘rquvni his qilasiz va tobora rivojlantirasiz. Tanish holatmi? U holda bu vaziyatga chek qo‘yish usullari haqida gapiramiz.

Kiritildi: 19:09 29.08.2018. O'qildi: 1197 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Toshkentda fuqaro 58 mln so‘m pul o‘g‘irlatgani haqidagi yolg‘on xabariga IIBBni ishontirish uchun o‘zini-o‘zi jarohatladi

27 avgust kuni fuqarolardan biri 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, bosqinchilik oqibatida uning yonida bo‘lgan 58 million so‘m puli o‘g‘irlab ketilganligi haqida xabar beradi.

Kiritildi: 18:56 29.08.2018. O'qildi: 1488 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Afrika tuyaqushlari Samarqandda

Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanidagi Yangiobod mahallasida yashovchi Husan Haydarov o‘z tomorqasida 9 bosh Afrika tuyaqushini parvarishlamoqda.

Kiritildi: 18:44 29.08.2018. O'qildi: 3765 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Bojxonachilar sifati kafolatlanmagan sitrus mevalarini to‘xtatib qolishdi

Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan chegaradosh hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fosh etilgan yana bir bojxona qoidabuzarligida respublikamiz hududiga sifati kafolatlanmagan sitrus mevalarning noqonuniy olib kirilishi oldi olindi.

Kiritildi: 18:32 29.08.2018. O'qildi: 1312 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Mirziyoyevning Telegram’dagi rasmiy kanalida a’zolar soni keskin kamaymoqda

Ko‘pchilikka ma’lumki, Telegram, Instagram, Facebook ijtimoiy tarmoqlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning sahifalari bor.

Kiritildi: 18:18 29.08.2018. O'qildi: 2050 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Jizzaxlik yo‘lovchi ayol haydovchining telefoni va 650 ming so‘m pulini o‘g‘irlab ketdi

Fuqaro S.T. 2018 yil 20 may kuni soat 22:00 larda B.R.ga tegishli bo‘lgan Lacetti rusumli avtomashinada yo‘lovchi sifatida Jizzax shahriga kelgan, deb xabar beradi Jizzax viloyati Jinoyat ishlari bo‘yicha Paxtakor tuman sudi axborot xizmati.

Kiritildi: 18:06 29.08.2018. O'qildi: 1543 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Toshkentda ayolning yuziga kislota sepgan 4 kishi qo‘lga olindi

Ayolning yuzini kislota bilan jarohatlab qochib ketgan shaxslar hozirda qo‘lga olingan bo‘lib, ularning xatti-harakatlari yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 17:54 29.08.2018. O'qildi: 1961 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Osiyo o‘yinlari: Dildor Shermetova oltin medalni qo‘lga kiritdi

Kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Dildor Shermetova Osiyo o‘yinlarining oltin medalini qo‘lga kiritdi.

Kiritildi: 17:46 29.08.2018. O'qildi: 1468 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Soliq va bojxona islohotlari prokuror nazoratida

Joriy yilning 26 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3802-sonli Qarori qabul qilinib, unga asosan endilikda davlat soliq xizmati organlari «Soliq xizmati – insofli soliq to‘lovchilarning ishonchli hamkori» shiori ostida soliq to‘lovchilarning biznes–hamkori va maslahatchisi sifatidagi yangi xizmatga aylantirildi.

Kiritildi: 17:35 29.08.2018. O'qildi: 2860 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Onkologik xastaliklarga shifo istab xorijga borishga hojat yo‘q

Onkologik kasalliklar bugungi kunda butun dunyoda inson salomatligiga jiddiy ta’sir etayotgan dolzarb tibbiy-ijtimoiy muammodir. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, bunday kasalliklar bilan kasallanish ko‘rsatkichi yildan yilga o‘sib bormoqda. Ma’lumki, onkologik kasalliklarning oldini olish va erta bosqichlarda aniqlash – juda muhim omil hisoblanadi. Onkologik kasalliklar erta bosqichda samarali davolansa, ushbu darddan to‘liq forig‘ bo‘lishi mumkin. Bu borada so‘nggi yillarda mamlakatimizda ko‘plab amaliy sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 4 aprelda qabul qilingan “2017 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasida onkologiya xizmatini yanada rivojlantirish va aholiga onkologik yordam ko‘rsatishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori aholiga ixtisoslashgan onkologik tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini yaxshilash va ko‘lamini kengaytirish, aholining barcha qatlamini to‘la qamrab oluvchi tizimni shakllantirish va rivojlantirishda muhim dasturilamal bo‘lmoqda. Mazkur qaror asosida ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqdi. Jumladan, joriy yil 28 avgust kuni Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida «Elekta Infinity» firmasining zamonaviy chiziqli tezlatkich nur berish uskunasining o‘rnatilganligi munosabati bilan, uning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ma’lumki, nur terapiya – onkologik bemorlarni davolashdagi asosiy usullardan biri hisoblanadi. U jarrohlik usuli bilan birga kombinirlangan va alohida shaklda qo‘llaniladi. Ushbu usul palliativ va simptomatik davo uchun ham ishlatiladi. Rivojlangan davlatlarda nur terapiya onkologik bemorlarning 60 foizdan ortig‘ini davolashda qo‘llaniladi. Markazning nur terapiya o‘tkazuvchi chiziqli tezlatkichi bilan ta’minlanishi esa yildan yilga rivojlanib, yangilanib borayotgan yangi texnologiyalarni amaliyotda qo‘llash imkonini beradi va nur terapiya o‘tkaziladigan bemorlar kontingentining ortishiga, ularning hayot sifati va davolash natijalarining yaxshilanishiga olib keladi. – Ushbu noyob va zamonaviy uskuna jahonning yetakchi klinikalaridagina mavjud bo‘lib, O‘zbekistonda ham ilk bor onkologik bemorlarni mana shunday ilg‘or nur terapiya yordamida davolash imkoni yaratilmoqda. Zamonaviy nur terapiyaning o‘rni va imkoniyatlari juda keng bo‘lib, ushbu uskuna nishonga maksimal aniq davolovchi doza beradi va sog‘lom to‘qima hamda a’zolarning zararlanish ehtimolini keskin kamaytiradi, – deydi Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov. – Natijada, davolash samaradorligi ortadi, remissiya davri uzayadi, hayot sifati yaxshilanadi, nojo‘ya ta’sirlarning kamayishi hisobiga bemorlar nogironligi kamayadi, onkologik bemorlarning shifoxonada bo‘lish davri qisqaradi. Bunday samaralarga erishish uchun nur terapiyaning ushbu zamonaviy hajmli (3D) konformasiyalash usuli dunyoning rivojlangan davlatlarida ham keng qo‘llaniladi. IMRT/VMAT uskunalarining qo‘shimcha ravishda yo‘llanilishi esa, hayot uchun muhim bo‘lgan a’zolarga doza yuklamasining keskin kamayishiga, nurdan keyingi asoratlar xavfining qisqarishiga va aniq jarayonga nisbatan optimal nur terapiya o‘tkazishga imkon beradi. Bugungi kunda bosh-bo‘yin, ko‘krak qafasi, qorin bo‘shlig‘i va kichik chanoq a’zolari o‘sma kasalliklarini davolashda rivojlangan davlatlarda ushbu texnologiya “oltin” standart hisoblanadi. Bundan tashqari, nur terapiyaning rotasion uslubda tutamlar intensivligini modulyasiya qilish (VMAT) natijasida, uskunaning o‘tkazuvchanlik qobiliyati vaqtining 2-3 barobar qisqarishiga erishiladi. Bu esa, o‘z navbatida o‘pka, prostata bezi kabi harakatchan a’zolardagi o‘sma nishonlarini davolashda juda muhimdir. Bir so‘z bilan aytganda, Sog‘liqni saqlash tizimining bunday yuqori texnologiyaga asoslangan, innovasion va zamonaviy uskuna bilan ta’minlanishi Davlatimiz rahbarining halqimiz salomatligini saqlash yo‘lida olib borayotgan oqilona siyosati mahsulidir.

Kiritildi: 17:22 29.08.2018. O'qildi: 4911 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Saudiya Arabistonida birinchi marta ayollarga uchuvchilar lisenziyasi berildi

Saudiya Arabistoni Fuqarolik aviasiyasi (GACA) bosh boshqarmasi besh nafar ayol uchuvchiga lisenziya berib, ularning Saudi Arabian Airlines aviakompaniyasi samolyotlarida ekipaj komandiri bo‘lib ishlashiga ruxsat berdi, deb yozadi «Korrespondent.net».

Kiritildi: 17:10 29.08.2018. O'qildi: 1468 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

2021 yildan kamida bir sutkaga chegarani kesib o‘tganlar alohida hisobga olinadi

O‘zbekiston Respublikasining tashqi sektori statistikasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga tegishli qo‘shimchalar kiritildi.

Kiritildi: 16:58 29.08.2018. O'qildi: 1390 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Dono bolaning zehni

Bir necha asrlar oldin Islom olamining ilmiy markazi bo‘lgan Bog‘dodda juda ko‘p ulamolar yashashgan. Kunlardan bir kun Rum podshohi Bog‘dodga o‘z elchisini jo‘natib, unga musulmonlarni uchta savol bilan sinab ko‘rishni topshirdi.

Kiritildi: 16:44 29.08.2018. O'qildi: 1474 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

O‘zbekistonda eng yuqori ish haqi to‘lanadigan 5 soha nomi e’lon qilindi

Iyul oyida go‘zallik salonlari uchun ustalar faol qidirildi, eng yuqori ish haqi esa Namangan va Samarqandda taklif etiladi.

Kiritildi: 16:36 29.08.2018. O'qildi: 8087 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

O‘zbek san’atida yangi davr boshlandi

Mustaqilligimizning 27 yillik to‘yini katta tantana, shodu xurramlik bilan nishonlash arafasida turibmiz.

Kiritildi: 16:25 29.08.2018. O'qildi: 1853 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi logotipi o‘zgardi

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi o‘z logotipini o‘zgartirdi. Bu haqda «Daryo»ga qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Kiritildi: 16:15 29.08.2018. O'qildi: 2152 marta. Fikrlar soni: 0 ta.