Bugun 27 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Soliq va bojxona islohotlari prokuror nazoratida

A A A
Soliq va bojxona islohotlari prokuror nazoratida

Joriy yilning 26 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3802-sonli Qarori qabul qilinib, unga asosan endilikda davlat soliq xizmati organlari «Soliq xizmati – insofli soliq to‘lovchilarning ishonchli hamkori» shiori ostida soliq to‘lovchilarning biznes–hamkori va maslahatchisi sifatidagi yangi xizmatga aylantirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 iyundagi «O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to‘g‘risida»gi PF 5468-sonli Farmoniga asosan iqtisodiyotdagi soliq yukini pasaytiriladi, insofli soliq to‘lovchilarning qonuniy manfaatlari va huquqlari himoya qilinadi va soliq nazorati mexanizmlari takomillashtiriladi.

Shuningdek, Prezidentimizning shu yil 2 avgust kunidagi “O‘zbekiston respublikasida amalga oshirilayotgan soliq va bojxona islohotlarini huquqiy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF 5499-sonli Farmoniga asosan prokuratura organlari tuzilmasida tegishli boshqarma va bo‘limlar tashkil etildi. Ularning asosiy vazifalari davlat soliq xizmati organlari ustidan nazorat o‘rnatish, islohotlarni huquqiy qo‘llab-quvvatlash va byudjetga qo‘shimcha daromadlar tushishini muvofiqlashtirishdan iborat.

Kiritildi: 17:35 29.08.2018. O'qildi: 2860 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik