Samarqand tumanida istiqomat qiluvchi Farangiz Boymurodova tuman markazidagi savdo do‘konidan uy-ro‘zg‘or uchun mahsulot xarid qilganidan so‘ng, kartochkasidan 82 000 so‘m ortiqcha mablag‘ yechib olinganini sezib qoldi.
Kecha, 7 sentyabr kuni AQShda Mak Miller taxallusi bilan ijod qilgan reper Malkolm Makkormik vafot etdi. Bu ma’lumot uning do‘stlari va boshqa musiqachilar tomonidan tasdiqlandi.
Boliviyada uch yoshli bolaning buyragi shifokorlar xatosi tufayli olib tashlanishi butun xalqni oyoqqa turg‘azdi,deb xabar beradi «RIA Novosti».
Valyutani nazorat qiluvchi organlardan biri sifatida Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan ham O‘zbekiston Respublikasida valyuta operasiyalarining noqonuniy ravishda amalga oshirilishining oldini olish borasida muntazam chora-tadbirlar olib borilmoqda.
Saytda yuzaga kelgan muammo xususida
Bu haqda Bosh vazir Abdulla Aripov 5 sentyabr kuni Vazirlar Mahkamasida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qildi, deb yozadi Bekzod Shukurov Facebookʼdagi sahifasida.
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar qilishicha, 6 sentyabr kuniToshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-14 daraja iliq, kunduzi 30-32 daraja issiq bo‘ladi.
Turkiya harbiylari texnikalarni Suriya chegarasiga joylashtiryapti. Bu haqda “Hurriyet” gazetasi xabar bermoqda.
BMTning muhojirlar ishlari bo‘yicha oliy komissariyati Yevropaga O‘rtayer dengizi orqali qilingan hijratlardagi qurbonlar haqida bergan bayonotiga ko‘ra, oxirgi oylar davomida O‘rtayer dengizi muhojirlar uchun eng dahshatli dengizga aylangan.
Ayolga nisbatan ayniqsa turmush o‘rtog‘i tomonidan zo‘ravonlikning qayd etilishi sog‘liqni saqlash va inson huquqlari buzilishi yo‘lidagi jiddiy muammodir.
Tatyana Akbarovna Karimova Prezident Shavkat Mirziyoyevga turmush o‘rtog‘i, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov xotirasiga ko‘rsatayotgani hurmat va ehtiromi uchun minnatdorlik bildirdi.
Mingbuloqda tuman tarixida ilk bor bir necha murakkab jarrohlik amaliyotiga qo‘l urildi. Bu haqda «Daryo»ga Namangan viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan navbatdagi video e’tiborimizni tortdi. Unda haydovchi ayol tizzasiga 2-3 yosh atrofidagi bolani o‘tqazib, avtomobil boshqarib ketayotgani, bu orqali o‘zi va boshqalarga xavf tug‘dirayotgani aks etgan. Video Toshkent shahrida suratga olingani ma’lum.
Toshkentda sentyabr oyida issiq suv rejali asosda o‘chiriladi, deb xabar qildi “Toshissiqquvvati” korxonasi.
2018 yil 2 sentyabr kuni Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida yashovchi 26 yoshli A.T. va 20 yoshli X.K.lar «Kamxar» MCHJga qarashli bog‘ oldida Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanida yashovchi K.D. boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomashinasida o‘tirgan vaqtida uning oldiga kelib, kuch ishlatish yo‘li bilan uni qo‘rqitishgan va 300 ming so‘m pulini olib, voqea joyidan yashiringanlar.
“Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari havo yo‘llari orqali tilla va zargarlik buyumlarining noqonuniy olib o‘tilishiga qarshi chora-tadbirlarni muntazam davom ettirmoqda.
Myanma sudi “Reuters” axborot agentligida ishlagan ikki jurnalistni 7 yil qamoq jazosiga hukm qilgan. Ular davlat sirini fosh qilishda ayblangan. Jurnalistlar rohinja musulmonlariga qilinayotgan zo‘ravonliklarni tasdiqlashgan.
Internetda taksi haydovchisi mijozini mashinadan uloqtirib yuborgani tasvirlangan video tarqaldi. Bu shunchaki yuz bermagan.
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti oldida strategik maqsad turibdi - oliy ta’lim muassasasini yangi turdagi ta’lim maskaniga aylantirish, ilg‘or xorijiy tajribadan foydalangan holda mutaxassislar tayyorlashning yuqori sifatiga erishish, bunda eng so‘nggi innovasion va pedagogik texnologiyalar hamda ilmiy ishlanmalardan foydalanish, deyiladi universitet bergan xabarda.
Respublika bo‘yicha olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida 2018 yil 3 sentyabr kuni bedarak yo‘qolganlardan 1 nafari topilib, ilgari sodir qilgan jinoyati uchun sud va tergovdan qochib yurgan 13 nafar shaxs ushlangan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 5 sentyabr kuni mamlakat bo‘ylab qanday ob-havo kuzatilishi haqida ma’lumot berdi.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat, Jinoyat-prosessual va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslariga o‘zgartirish kiritish haqidagi qonun loyihasi joylashtirildi.
«O‘zcharmsanoat» assosiasiyasi tayyor teri mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash bo‘yicha 5ta investision loyihaga qo‘l urmoqda va ulardan biri Turkiyaning Mader Deri Sanayi ve Ticaret kompaniyasi bilan amalga oshirilishi nazarda tutilgan. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
O‘zbeklarning Misrda tutgan o‘rni, ularning podshohlik bilan bog‘liqliklarini teran anglash har ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Surxondaryo viloyat IIB O‘z xavfsizligi bo‘limi o‘zini ichki ishlar organi xodimi deb tanishtirib, fuqarolardan noqonuniy pul tama qilib yurgan U.M. ustidan kelib tushgan ma’lumotga asosan, uni qo‘lga olish bo‘yicha viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda keng qamrovli tezkor tadbir o‘tkazdi, deb xabar beradi Kun.uz’ga viloyat IIB matbuot xizmati.
O‘zbek va ingliz tillarida axborot beruvchi 100 dan ortiq yo‘l ko‘rsatgichlari o‘rnatildi, deb xabar qilmoqda UzA.
Indoneziyada bo‘lib o‘tgan Osiyo o‘yilari musobaqasida O‘zbekiston sharafini himoya qilib, nufuzli o‘rinlarga ega chiqqan sportchilarga qancha pul mukofoti ajratilishi ma’lum qilindi.
Kuni kecha, ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar, Sergeli tumanidagi avtobekatda keksa yoshdagi ayolning nochor ahvolda yotgani aks etgan suratlar tarqaldi. Bu holat ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining keng bahs-munozaralariga sabab bo‘ldi.
18-24 avgust kunlari davomida Qozog‘iston hududiga olib kirilgan, yuqori fitosanitar xatarli karantin ostidagi mahsulotni ko‘zdan kechirish chog‘ida respublika va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining o‘simliklar karantini sohasidagi qonunchiligining 48ta buzilish holati aniqlandi. Bu haqda Qozog‘iston Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
— Ikki nafar farzandim bor. Ikkalasi ham maktabga boradi. Menga yagona maktab formasi bo‘yicha yangilikni aytib qolishdi.